Xalqaro baxshichilik sanʼati festivalini oʻtkazish toʻgʻrisida

QANDAY QILIB BUTUNJAHON JAMIYATIGA DO‘ST BO‘LISH MUMKIN?

Xalqaro baxshichilik sanʼati festivalini oʻtkazish toʻgʻrisida

Xalqaro baxshichilik sanʼati festivalini oʻtkazish toʻgʻrisida


01.11.2018

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

Har qaysi xalqning azaliy tarixi va madaniyati eng avvalo uning ogʻzaki ijodi – folklor sanʼatida, doston va eposlarida mujassam topgan boʻlib, ular millatning oʻzligini anglash, uning oʻziga xos milliy qadriyatlari va anʼanalarini saqlash va rivojlantirishda bebaho manba hisoblanadi.

Oʻzbek milliy baxshichilik va dostonchilik sanʼatining noyob namunalarini asrab-avaylash va rivojlantirish, uni keng targʻib qilish, yosh avlod qalbida ushbu sanʼat turiga hurmat va eʼtibor tuygʻularini kuchaytirish, turli xalqlar oʻrtasidagi doʻstlik va birodarlik rishtalarini mustahkamlash, ijodiy hamkorlik, madaniy-maʼnaviy munosabatlar doirasini xalqaro miqyosda yanada kengaytirish maqsadida:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Fanlar akademiyasi hamda Surxondaryo viloyati hokimligining Termiz shahrida har ikki yilda bir marta Xalqaro baxshichilik sanʼati festivalini (keyingi oʻrinlarda Festival deb yuritiladi) tashkil etish hamda ushbu festivalni birinchi marta 2019-yilning 5-10-aprel kunlari oʻtkazish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.

2. Xalqaro baxshichilik sanʼati festivaliga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita (keyingi oʻrinlarda Tashkiliy qoʻmita deb yuritiladi) tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Vazirlar Mahkamasi oʻn kun muddatda Xalqaro baxshichilik sanʼati festivalini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizom hamda Xalqaro baxshichilik sanʼati festivalini 2019 yilda oʻtkazish boʻyicha “yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.

3. Tashkiliy qoʻmitaga (A.Aripov):

Festivalni oʻtkazish boʻyicha belgilangan vazifalarni oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash;

Festival sovrindorlariga topshiriladigan diplom, sertifikat, haykalchalar namunalarini ishlab chiqish va tasdiqlash;

Festivalni tashkil etish va oʻtkazish bilan bogʻliq boshqa masalalarni hal etish vazifalari yuklansin.

4. Surxondaryo viloyati hokimligi, Madaniyat vazirligi Festivalni tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha masʼul etib belgilansin.

5. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi:

Festivalga xorijiy davlatlardan taniqli folklorshunos olimlar, baxshi, shoir, oqin va jirovlar, ijodiy jamoalar, ommaviy axborot vositalari vakillari va faxriy mehmonlarni taklif etishda Madaniyat vazirligiga amaliy yordam koʻrsatsin;

Festivalga tashrif buyuruvchi mehmonlar uchun Madaniyat vazirligining buyurtmanomalariga binoan, Oʻzbekiston Respublikasiga kirish vizalarining belgilangan tartibda konsullik va boshqa yigʻimlar undirilmasdan rasmiylashtirilishini taʼminlasin.

6. Madaniyat vazirligi Festivalning tantanali ochilish marosimini har tomonlama puxta va badiiy jihatdan betakror usulda tayyorlash uchun yuksak professional mahorat va tajribaga ega boʻlgan ssenarist va rejissyorlar, baletmeysterlar, sahna rassomlari, isteʼdodli yosh sanʼatkorlarni keng jalb etsin.

7. Surxondaryo viloyati hokimligi Termiz shahrida obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlari amalga oshirilishini, Festival oʻtkaziladigan sahna maydonlari va zallar talab darajasida tayyorlanishini taʼminlasin.

8. Madaniyat vazirligi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi, “Oltin meros” xalqaro xayriya jamgʻarmasi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Oʻzbekiston Cavdo-sanoat palatasi va “Hunarmand” uyushmasi bilan birgalikda:

Festival doirasida Termiz shahridagi “Surxondaryo sanʼat saroyi” davlat muassasasi maydoni hududida baxshichilik sanʼatiga oid turli koʻrgazmalar, milliy sozlar va liboslar, hunarmandchilik buyumlari, tasviriy va amaliy sanʼat asarlari, haykaltaroshlik namunalari, badiiy va hujjatli filmlar, audio va video disklar, kitoblar, albomlar, fotosuratlar namoyishi va ularning sotuvi tashkil etilishini;

Festival dasturi ishlab chiqilishi va uning Festival oʻtkazilishidan uch oy avval turizm tashkilotlariga taqdim etilishini, Internet jahon axborot tarmogʻi va ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirilishini;

Festival veb-saytini bir oy muddatda tayyorlab, Internet tarmogʻiga joylashtirilishini hamda muntazam ravishda yangiliklar, fotosuratlar, audio va video materiallar bilan yangilab borilishini taʼminlasin.

9. Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Surxondaryo viloyati hokimligi Festival qatnashchilari va mehmonlar uchun mehmonxonalardan joy ajratish choralarini koʻrsin.

10. Belgilab qoʻyilsinki, Festivalni tayyorlash va oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi, Surxondaryo viloyati mahalliy byudjeti mablagʻlari hisobidan teng ulushlarda hamda homiylik xayriyalari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanadi.

11. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, “Dunyo” axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga Festivalga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarni keng yoritib borish tavsiya etilsin.

12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov zimmasiga yuklansin.

                       

                    Oʻzbekiston Respublikasi
                                  Prezidenti                                                                                                            Sh.Mirziyoyev

Butunjahon jamiyatining VI Xalqaro kongressi "Oʻzbekiston madaniy merosi – Yangi Renessans davri poydevori” deb nomlangan

Butunjahon jamiyatining VI Xalqaro kongressi "Oʻzbekiston madaniy merosi – Yangi Renessans davri poydevori” deb nomlangan

Ko‘proq o‘qish...
MDH Ijroiya qo‘mitasi: Samarqandda “O‘zbekiston madaniy merosi – yangi Uyg‘onish davri asosi" VI  Xalqaro kongressi yakunlandi

MDH Ijroiya qo‘mitasi: Samarqandda “O‘zbekiston madaniy merosi – yangi Uyg‘onish davri asosi" VI Xalqaro kongressi yakunlandi

Ko‘proq o‘qish...
MIR24: Yangi Uygʻonish: Oʻzbekiston madaniy merosini asrash boʻyicha Kongress

MIR24: Yangi Uygʻonish: Oʻzbekiston madaniy merosini asrash boʻyicha Kongress

Ko‘proq o‘qish...
ICESCO: ICESCO Samarqandda boʻlib oʻtayotgan Oʻzbekiston madaniy merosi xalqaro kongressida ishtirok etadi

ICESCO: ICESCO Samarqandda boʻlib oʻtayotgan Oʻzbekiston madaniy merosi xalqaro kongressida ishtirok etadi

Ko‘proq o‘qish...
VI Kongress ishtirokchilari O‘zbekiston Prezidenti va hukumatining madaniy merosni asrab-avaylash borasidagi sa’y-harakatlarini yuqori baholadilar

VI Kongress ishtirokchilari O‘zbekiston Prezidenti va hukumatining madaniy merosni asrab-avaylash borasidagi sa’y-harakatlarini yuqori baholadilar

Ko‘proq o‘qish...
Muzaffar Sheker: O‘zbekistonning madaniyat sohasida olib borayotgan ishlari tahsinga sazovor va mintaqa tinchligi uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega

Muzaffar Sheker: O‘zbekistonning madaniyat sohasida olib borayotgan ishlari tahsinga sazovor va mintaqa tinchligi uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega

Ko‘proq o‘qish...
Firdavs Abduxoliqov: “Yangi O‘zbekistondagi islohotlar yorqin samara bermoqda”

Firdavs Abduxoliqov: “Yangi O‘zbekistondagi islohotlar yorqin samara bermoqda”

Ko‘proq o‘qish...
Irina Popova: O‘zbekiston qadimiy madaniyatni asrab-avaylash tarafdori bo‘lgan insonlar yetakchiligidagi mamlakat

Irina Popova: O‘zbekiston qadimiy madaniyatni asrab-avaylash tarafdori bo‘lgan insonlar yetakchiligidagi mamlakat

Ko‘proq o‘qish...
Sali Shahsivari: Madaniy loyihalar O‘zbekiston Prezidenti tomonidan har tomonlama qo‘llab-quvvatlanayotganidan chin dildan xursandman

Sali Shahsivari: Madaniy loyihalar O‘zbekiston Prezidenti tomonidan har tomonlama qo‘llab-quvvatlanayotganidan chin dildan xursandman

Ko‘proq o‘qish...
STV: «Ўзбекистон маданий мероси – янги Ренессанс пойдевори» VI халқаро конгресси

STV: «Ўзбекистон маданий мероси – янги Ренессанс пойдевори» VI халқаро конгресси

Ko‘proq o‘qish...
Dialog.Tj: O‘zbekistonda Butunjahon jamiyatining “O‘zbekiston madaniy merosi – yangi Uyg‘onish davri asosi” VI Xalqaro kongressi bo‘lib o‘tadi

Dialog.Tj: O‘zbekistonda Butunjahon jamiyatining “O‘zbekiston madaniy merosi – yangi Uyg‘onish davri asosi” VI Xalqaro kongressi bo‘lib o‘tadi

Ko‘proq o‘qish...
Osiyo bo’yicha Qirollik jamiyati ishlari: Oʻzbekiston madaniy merosini tadqiq qilish, isloh qilish va qayta tiklash

Osiyo bo’yicha Qirollik jamiyati ishlari: Oʻzbekiston madaniy merosini tadqiq qilish, isloh qilish va qayta tiklash

Ko‘proq o‘qish...
“O‘zbekiston madaniy merosi” II Xalqaro kongressi ishtirokchilarining ochiq murojaati

“O‘zbekiston madaniy merosi” II Xalqaro kongressi ishtirokchilarining ochiq murojaati

Ko‘proq o‘qish...

Boshqa yangiliklar