O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, asrash va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyati 2018 yilda dunyoning 300 dan ortiq sharqshunoslari tashabbusi bilan tashkil etilgan.
Nizom
[ 2018-yil 8-iyun kuni Sankt-Peterburgda "O‘zbekiston madaniy merosi — xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘l" II Xalqaro kongressi ishtirokchilari tomonidan qabul qilingan.]
1-maqola. Butunjahon jamiyatining maqsadlari:
O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, saqlash va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyati (keyingi o‘rinlarda — Jamiyat) jismoniy va yuridik shaxslarni birlashtirgan xalqaro nodavlat notijorat jamoat o‘zini o‘zi boshqarish tashkiloti hisoblanadi. Jamiyatning maqsadi jahon madaniy merosi kontekstida O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, saqlash va ommalashtirish sohasida davlat va jamoat tashkilotlari, tadqiqotchilar, ekspertlar, fan arboblari, ommaviy axborot vositalari va boshqa manfaatdor jamoatchilik o‘rtasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirishdan iborat. Jamiyat o‘z faoliyatini xalqaro huquqning umume’tirof etilgan norma va tamoyillariga muvofiq amalga oshiradi...