Faksimil nashrlar

QANDAY QILIB BUTUNJAHON JAMIYATIGA DO‘ST BO‘LISH MUMKIN?

Faksimil nashrlar

O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, saqlash va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyatining faksimil nashrlari noyob qadimiy qo‘lyozmalarning eng nodir namunalarini maksimal darajada aniqlik bilan takrorlaydi.

Katta Langar Qur’oni, Kamoliddin Behzod miniatyuralari joy olgan "Zafarnoma", "Devoni Husayniy", "Me’rojnoma", "Temur tuzuklari" va «Ravzat us-safo fi siyrat ul-anbiyo va-l-muluk va-l-xulafo» («Payg‘ambarlar, podshohlar va xalifalarning tarjimai holiga oid poklik bog‘i") shular jumlasidandir. Tez orada to‘plam ikkita qo‘lyozma bilan to‘ldiriladi. Bular: Abu Rayhon Beruniyning XIII asrda koʻchirilgan "Asar al-Bakiya" ("Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar") asari va 1619-yilga oid "Manoqibi Amir Temur Sohibqiron" ("Amir Temur solnomasi"). Bu Amir Temur tarjimai holining ma’lum bo‘lgan eng qadimiy qo‘lyozmasi hisoblanadi.