Do‘ppi shakllari

QANDAY QILIB BUTUNJAHON JAMIYATIGA DO‘ST BO‘LISH MUMKIN?

Do‘ppi shakllari

Do‘ppi tarixi qadimgi davrlarga borib taqaladi.

Do‘ppi shakllari

Dastlab do‘ppilar konus shakli va keng yonga ega bo‘lgan. 1920-yillardan boshlab, do‘ppi shakllari o‘zgarib, turli tuman bo‘la boshladi: uchli, konussimon, yarimdumaloq, aylana, to‘rtqirrali. Ular kashta yoki bir tusli jiyak, shoyi tasma, baxmal va boshqa matolar tikib bezatilgan, baland yoki past yonli, baʼzan uzun yoki qisqa popukli bo‘ladi.

O‘zbek do‘ppilari orasida olamning to‘rt tomonini ifoda etgan to‘rtqirrali do‘ppilar ko‘p uchraydi. Erkaklar do‘ppilari asosan qora satin yoki baxmaldan, ayollar do‘ppilari esa rang-barang ipak, baxmal va kimxobdan tikilgan.

Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" turkumidagi “O‘zbekiston tarixi Davlat Muzeyi to‘plami” (ikkinchi qism) kitob-albomida (XXVII jild) tanishishingiz mumkin. 

Loyihaning bosh homiysi Eriell-Group neftservis kompaniyasi.