
Kitob-albomdan O‘zbekistondagi eng qadimiy madaniyat muassasalaridan biri san’atining eng sara namunalari o‘rin olgan.
– 1922-yilda Buxoroning sobiq amirlariga tegishli bo‘lgan qimmatbaho buyumlar kolleksiyasi asosida yaratilgan muzey-qo‘riqxona, hozirda o‘z tarkibida 16 ta filial va ikkita doimiy ko‘rgazmani o‘z ichiga oladi. Kitob-albomning bo'limlari ulardan eng qiziqarlilarining ekspozitsiyalari haqida tushuncha beradi, - deb ta’kidladi, loyiha muallifi va rahbari, O'zbekiston madaniy merosini o'rganish, saqlash va ommalashtirish bo’yicha Butunjahon jamiyati boshqaruvi raisi Firdavs Abduxoliqov.
Bular- Ark qal’asida joylashgan viloyat o‘lkashunoslik muzeyi, Sitorayi Mohi-Xossa dekorativ- amaliy san’at muzeyi, sobiq Azov-Don bankidagi tasviriy san’at muzeyi, Fayzulla Xo‘jayev uy-muzeyi, Buxoro xattotlik san’ati tarixi muzeyi, Gilamdo‘zlik muzeyi ekspozitsiyalaridir.
Eslatib o‘tamiz, loyiha Eriell Group xalqaro neft- servis kompaniyasi ko‘magida amalga oshirilmoqda.
O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, saqlash va ommalashtirish bo’yicha Butunjahon jamiyatining 2022-yil yozida bo‘lib o‘tadigan VI Kongressida Kitob-albomning taqdimoti bo‘lib o‘tadi.






























