
Bugun, 23 iyul kuni Butunjahon jamiyatining “O‘zbekiston madaniy merosi – yangi Renessans poydevori” VI Xalqaro Kongressining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
G.Aytiyev nomidagi Tasviriy san’at muzeyi direktori Oygul Mambetkaziyeva kongressning nafaqat O‘zbekiston, balki butun dunyo uchun ahamiyatini ta’kidladi:
"Ushbu keng ko'lamli tadbir nafaqat ulkan tashkiliy ishlardan, balki o'zbek xalqi merosini o'rganish bo'yicha professional olimlarni birlashtirish bo'yicha katta dastur haqida ham darak beradi. Olimlarning o'zbek merosi durdonalarini o'rganishga qo'shgan hissasi, jahon merosi haqida gapiradi. Inson tomonidan qilingan har bir narsa dunyoning bag'rikenglikka asoslanishi va mehr-shafqatli bo'lishi uchun aniq barometr va nozik vositadir. Bu kongress ana shu intilishdan dalolat beradi. Menimcha, madaniyat, san'at, ta'lim haqiqatda kelajakni quradigan ko'prikdir".
Ma’lumot uchun: Kongress ishida 250 dan ortiq dunyoga mashhur sharqshunos olimlar: 5 ta xalqaro tashkilot prezidentlari, 34 davlatdan muzey va kutubxonalar direktorlari, Fanlar akademiyalari prezidentlari, professorlar, san’atshunoslar, analitiklar, milliy fanlar va xalqaro ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etmoqda. Butunjahon jamiyati “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” loyihasi asosida tashkil etilgan va 2018 yilda Parijda rasmiy ro‘yxatdan o‘tgan. Loyihaning bosh homiysi «Eriell Group» xalqaro neft- servis kompaniyasi hisoblanadi.






























