Qoraqalpog‘istonda tarixiy-arxeologiya istirohat bog‘i barpo etiladi
Ma’ruza mavzusi “Mizdaxon: Qoraqalpog‘istonda tarixiy-madaniy merosni saqlash tajribasi”. Maʼruzachining soʻzlariga qaraganda, Xoʻjayli shahri yaqinida joylashgan 200 gektarlik Mizdaxon nekropoli hududida tarixiy-arxeologik istirohat bogʻi barpo etish rejalashtirilgan.
Shuningdek, bog‘ muzeyning tarkibiy bo‘linmasi (filiali) bo‘ladi, Mizdaxon qadimiy yodgorliklari majmuasini ommalashtirish, o‘rganish va asrab-avaylash masalalari bilan shug‘ullanadi.
Ma’lumot uchun:
Mizdaxon qabristoni- Qoraqalpogʻistonda joylashgan, turli ko’hna shaharchalardan iborat qadimiy majmuadir. Respublikaning eng ko'p tashrif buyuriladigan joylaridan biri. Bu yerda qadimiy qabristonlar mavjud bo‘lib, ularning ba’zilari ming yildan ortiq tarixga ega.































