“O‘zbekiston madaniy merosi – yangi Uyg‘onish davri asosi” VI Xalqaro kongressi ish boshladi
Ochilishda O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, asrash va targ‘ib qilish bo‘yicha Butunjahon jamiyati boshqaruvi raisi Firdavs Abduxoliqov mehmonlar va ishtirokchilarga tabrik so‘zlari bilan murojaat qildi.
“Barchangizga vaqt ajratganingiz, mavzuga, islohotlarga, bugun Oʻzbekistonda mamlakat madaniy merosini asrab-avaylash borasida amalga oshirilayotgan muhim tadbirlarga ko’rsatgan qiziqish uchun minnatdorchilik bildiraman. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida Yangi O‘zbekistonda boshlangan islohotlar bugun o‘z samarasini, yorqin samaralarini berayotganini alohida ta’kidlamoqchiman. Ana shunday natijalardan biri, albatta, bugungi kongress va albatta, biz ko‘rib turgan kitoblar, davlat hokimiyati organlari, ijtimoiy mas’uliyatli biznes, xalqaro hamjamiyat, ekspertlarning birlashuvi tufayli yaratilgan ishlardir. Sa’y-harakatimizni birlashtirib, bu ajoyib asarni birgalikda yaratyapmiz, – deydi Firdavs Abduxoliqov.
Shuningdek, u ushbu keng ko‘lamli ish nafaqat xalqaro hamjamiyat, balki respublika aholisi, birinchi navbatda, O‘zbekiston yoshlari uchun ham muhim ekanini ta’kidladi.
Soʻngra Bosh vazir oʻrinbosari, Turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimov yigʻilganlarga videomurojaat bilan yuzlandi.
YuNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Sara Nashadi ham kongress ishtirokchilarini qutladi. Firdavs Abduxoliqov ma’ruzachini tanishtirar ekan, “O‘zbekiston madaniy merosi” loyihasi ilk kunlardanoq YUNESKO bilan hamkorlik qilib kelayotganini ta’kidladi.
So‘ngra ekranda Jahon jamiyati loyihalariga bag‘ishlangan videorolik namoyish etildi.































