
Muzeyda noyob oʻzbek kolleksiyasidan tashqari Afgʻoniston, Pokiston, Eron, Markaziy Osiyo, Hindiston, Tibet va Nepal etnik zargarlik buyumlarining katta kolleksiyasi mavjud.
To‘plamdan Kushonlar davriga oid osori-atiqalar – marjonlar, uzuklar, bilaguzuklar, sirg‘alar va tilla quymalar o‘rin olgan. Ba'zi quymalarda og'irlik Kxaroshtxi yozuvida o'yilgan. Oʻzbekistondan keltirilgan zargarlik buyumlari kolleksiyasida zarhal kumushdan yasalgan ikkita tillaqosh, marvarid va dur, kumush va zarhal marjonlar, bir nechta qabila uzuklari, ikkita burun uchun mo’ljallangan tilla bezaklar oʻrin olgan.
Ma’lumot uchun: Kongress ishida 250 dan ortiq dunyoga mashhur sharqshunos olimlar: 5 ta xalqaro tashkilot prezidentlari, 34 davlatdan muzey va kutubxonalar direktorlari, Fanlar akademiyalari prezidentlari, professorlar, san’atshunoslar, tahlilchilar va milliy va xalqaro ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etmoqda. Jahon jamiyati “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” loyihasi asosida tashkil etilgan va 2018 yilda Parijda rasmiy ro‘yxatdan o‘tgan. Loyihaning bosh homiysi «Eriell Group» neft konlari xizmatlari kompaniyasi hisoblanadi.






























