
Nashrni O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, saqlash va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyati boshqaruvi raisi Firdavs Abduxoliqov va Avstriyaning Mueller&Schindler nashriyoti prezidenti Sharlotta Kramer taqdim etdi.
“Astronom As-So‘fiy haqidagi Mirzo Ulug‘bek buyurtmasi bilan yozilgan qo‘lyozma hozirda Parijdagi Milliy kutubxonada saqlanmoqda. Mueller & Schindler nashriyotiga qo‘lyozmaning faksimil nashrini yaratish uchun uch yil kerak bo‘ldi”, dedi Abduxoliqov.
Eng qimmatlisi Mirzo Ulug‘bekning Kefey yulduz turkumi timsolida tasvirlangan miniatyura bo‘lib, hujjatda ham topilgan. Oltin siyoh bilan yozilgan bitiklar va boshqa belgilar hujjatning Mirzo Ulug‘bek kutubxonasiga tegishli ekanligini tasdiqlaydi. Olimlarning fikricha, qo‘zg‘almas yulduzlar kitobidan olim astronomik jadvallarni yozishda foydalangan.
“Biz Mirzo Ulug‘bekni vataniga, uning rasadxonasi joylashgan Samarqandga qaytarishga muvaffaq bo‘lganimizdan g‘ururlanamiz. Biz uch yil vaqt sarfladik, biroq amalga oshirilgan ishlardan juda xursandmiz, chunki butun dunyoga tarqalgan Markaziy Osiyo durdonalarini qayta tiklash bizning vazifamizdir”, — dedi Sharlotta Kramer.






























