Su: Bezak san'atida oqar suvning unutilgan ramzlari

Su: Bezak san'atida oqar suvning unutilgan ramzlari

Suv hamma xalqlar uchun hayotning asosiy manbai va bezak san’atining eng ommalashgan naqshidir. Lekin suvni, ayniqsa, oqar suvni qanday tasvirlash mumkin? 

 

Buning uchun o‘zbek hunarmand ayollari bir qancha usullardan foydalanishgan. Birinchisi, gilam xoshiyalarini markaziy maydondan ajratib turadigan bir xil rangli yo‘llar. Ular to‘g‘ridan-to‘g‘ri oddiygina suv (suv) deb atalgan. Suv yo‘llari ham bezak, ham ramz vazifalarini bajargan.
 

Suv motivining haqiqiy talqini – kompozitsiya tasvirlari bo‘lib aks ettirilgan ensiz xoshiyalarda ketma-ket joylashgan pog‘onali taroqlar – Qashqadaryo arablarining kilimlarida uchraydi.

Su: Bezak san'atida oqar suvning unutilgan ramzlari

Ko‘plab xalqlar san’atida oqar suvni tasvirlashning mumtoz usuli bu MEANDR – uzluksiz chizilgan yugurik to‘lqin motivi bo‘lgan.  

 

Bu motivning nomi Kichik Osiyodagi Meandr (Menderes) daryosidan olingan bo‘lib, u o‘zining juda buralib oqadigan o‘zanlari bilan ajralib turadi. Qadim zamonlarda bu daryo hatto falsafiy mulohazalar uchun ham mavzu bo‘lgan. Misol uchun, Senekaning ta’kidlashiga ko‘ra, "Meandr daryosi barcha shoirlarning mashqlari va she’rlari uchun ilhom manbai bo‘lgan, chunki uning o‘zi juda ko‘p joyda qayrilib oqadi, qayrilgan joylari ba’zan asosiy o‘zaniga quyilsa-da, o‘z o‘zaniga qo‘shilib ulgurmasdan darrov yana buralib ketadi". 

 

Meandr tasviri tushirilayotgan joyning materialiga qarab to‘lqinsimon silliq va geometrik (to‘g‘ri burchak ostida qayrilgan chiziq) shaklda chizilishi mumkin. Silliq to‘lqinsimon meandrni kigiz gilamlar va kashtalar bezaklarida, geometrik meandrni esa to‘qilgan matolarda uchratish mumkin. Taomilga ko‘ra, meandr to‘lqinlar gilam xoshiyalariga joylashtirilgan. Bugunda meandr naqshlarining asl mohiyati, allaqachon unutilib ketgan. Meandr hozirda gajak (burama), kelin qoshi, qiyshiq burun degan nomlar bilan ma’lum.

Su: Bezak san'atida oqar suvning unutilgan ramzlari

Suvning yana bir ramzi, meandrning o‘ziga xos tarzda kesib olingan varianti – S shaklidagi motiv. Ochig‘i, uning ham "suv" bilan bog‘liq ma’nosi unutilgan. 

 

Tikuvchi ayollar uni tuya bo‘yin – tuyaning bo‘yni yoki kirill alifbosidagi г harfining yozma qiya shakliga o‘xshagani uchun oddiygina qilib г-gul deb ham atashadi. Kompozitsiyalarda u qo‘shimcha motiv sifatida ishlatilgan.

Su: Bezak san'atida oqar suvning unutilgan ramzlari