Sherdor madrasasi peshtoqi restavratsiyasining birinchi bosqichi yakunlandi

Sherdor madrasasi peshtoqi restavratsiyasining birinchi bosqichi yakunlandi

Samarqanddagi "Registon" maydonida joylashgan Sherdor madrasasi peshtoqini restavratsiya qilishning birinchi bosqichi yakuniga yetdi.

Sherdor madrasasi peshtoqi restavratsiyasining birinchi bosqichi yakunlandi

AQShning Madaniy merosni asrash bo‘yicha elchilar jamg‘armasi (AFCP) ko‘magida amalga oshirilayotgan loyiha uch bosqichdan iborat bo‘lib, Sherdor madrasasining tarixiy peshtog‘i, mozaikalari, mayolika bezaklari, bezakli elementlari va kufiy xatidagi bitiklarni saqlab qolish, shuningdek, restavratsiya sohasi mutaxassislarining kasbiy salohiyatini oshirishga qaratilgan. 

 

Ushbu tadbirga bag‘ishlangan marosimda AQSh Davlat kotibining jamoatchilik diplomatiyasi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Sara Rojers, O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi raisi Gayane Umerova hamda AQShning O‘zbekistondagi elchisi Jonatan Henik ishtirok etdi. Marosim doirasida restavratsiya ishlarining birinchi bosqichi natijalari taqdim etildi. Bu haqda Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg’armasi xabar berdi.

Sherdor madrasasi peshtoqi restavratsiyasining birinchi bosqichi yakunlandi