Qadimda sopol laganlardagi yozuvlar ilk ijtimoiy reklama vazifasini bajargan

Qadimda sopol laganlardagi yozuvlar ilk ijtimoiy reklama vazifasini bajargan

Oʻzbekiston hududidagi oʻrta asr kulolchiligi tarixida yorqin hodisa sifatida Afrosiyob (IX–XII asrlar) davrini ifodalovchi mahsulotlar tilga olinadi. Afrosiyob kulolchiligi turli badiiy uslublarning ko'pligi va ranglarning uyg'unligi bilan ajralib turadi.

Qadimda sopol laganlardagi yozuvlar ilk ijtimoiy reklama vazifasini bajargan
Qadimda sopol laganlardagi yozuvlar ilk ijtimoiy reklama vazifasini bajargan
Qadimda sopol laganlardagi yozuvlar ilk ijtimoiy reklama vazifasini bajargan

Asrlar davomida ota-bobolarimiz bayramlarda ziyofatlar oʻtkazib kelganlar. Dasturxonga hamisha katta sopol laganda palov tortilgan. Faqat palov toʻliq yeb tugatilgachgina, lagan chiroyi oshkor boʻlgan. Jimjimador naqshinkor satrlarda baʼzan muqaddas kitobdan oyatlar, baʼzan ibratomuz iboralar, baʼzan shukrona soʻzlari yozilgan. 

 

Qadimgi sopol laganlar va kosalarning gardishlaridagi yozuvlar ilk ijtimoiy reklama vazifasini bajargan, xalq ichiga yaxshilik va maʼrifat gʻoyalarini olib kirgan. Matnlarga qiya nigoh bilan qaralganda, ular harflar emas, chiroyli naqshlarga oʻxshab koʻringan. Bu Afrosiyob kulolchiligining oʻziga xos noyob naqshli tili edi.

Qizil-jigarrang, oq yoki qora rangda ishlangan Afrosiyob lagani sathiga usta boshqa bir rangda naqshinkor matn bitib, moʻyqalamning bir nechta harakati bilan idishni haqiqiy sanʼat durdonasiga aylantirgan. Aynan shu damda Vaqtning oʻzi kulolning qoʻllarini boshqaradi goʻyo.

Qadimda sopol laganlardagi yozuvlar ilk ijtimoiy reklama vazifasini bajargan
Qadimda sopol laganlardagi yozuvlar ilk ijtimoiy reklama vazifasini bajargan