Hajmli, bezak sifatida inson boshi boʻrttirib ishlangan idishlar qadimgi Yunonistonda maʼlum boʻlib, bunga "Megar kosasi"ni misol sifatida keltirish mumkin. Bu anʼanaga misol sifatida Nisada topilgan forslar davriga mansub fil suyagidan ishlangan qadahni ham keltirish mumkin.
_umdF1r5_1.webp)
Yaponiyaning Mixo muzeyi kolleksiyasidan joy olgan ushbu kosa ehtimol Baqtriyada tayyorlangan. (mil.avv. III – II asrlar). Fikrimizga isbot sifatida ushbu kosadagi inson boshi bilan Taxti-Sangin (Tojikiston)dan topilgan fil suyagidan ishlangan dengiz oti boshi oʻrtasidagi oʻzaro oʻxshashlikni keltirish mumkin.
Kosaning tanasi tik holda koʻtarilgan va eng yuqorisi egik boʻlgan gultoj bilan tugaydi. Kosaning ichki qismi oxiri 16 ta tor ravoq bilan tugaydigan yumaloq gulbarglar bilan bezatilgan. Har bir ravoqda baland tarzda boʻrttirib ishlangan erkak kishining boshi boʻlib, ularning sochlariga oltin suvi yugurtirilgan.
_P4ncqtH_1.webp)
