Xitoy tosh devorlarida aks etgan Sug'd dafn etish odati

Xitoy tosh devorlarida aks etgan Sug'd dafn etish odati

Buyuk ipak yoʻlidagi savdo faoliyatlari tufayli Xitoyda mavqelarini mustahkamlab olgan sugʻdlar jamoasining yuqori nufuzga ega boʻlgan aʼzolari Shimoliy sulola davrida Xitoyda tarqalgan dahmaga dafn etish odatini oʻzlashtirib oladilar. Biroq ular marhumlarni tobutda dafn etish bilan birga jasadni toʻgʻridan-toʻgʻri atrofi oʻziga xos tarzda ziynatlangan tosh devorlardan iborat tosh supa ustiga ham qoʻyganlar...

Xitoy tosh devorlarida aks etgan Sug'd dafn etish odati

Tosh devorlardagi tasvirlarda Markaziy Osiyoga mansub zardushtiylikning maʼnaviy dunyosi aks ettirilgan. Mazkur dahma atrofida P shaklida joylashgan 11 ta tosh relyefdan iborat.

 

Ular – baqtriyaliklar...

 

Xitoy tosh devorlarida aks etgan Sug'd dafn etish odati

2-panelda hovuzda suzib yurgan ikkita baliq, ularning yonida chavandozsiz ot tasvirlangan. Bir necha kishi jonivorning orqa tomonida soyabon tutib turibdi. Boshqa bir odam esa choʻkkalab oʻtirgan holda yemish solingan idishni otning tumshugʻiga tutmoqda. 

 

Xan sulolasi (miloddan avvalgi 202-yillardan miloddan avvalgi 220-yillar)ga mansub tosh relyeflarda tasvirlangan ot rasmi, vafot etgan kishi falakka piyoda yurib ketganligi ramzini bildirgan. Hatto ot chelakdan ovqatlantirilayotgani aks ettirilgan rasmlar ham bor. Shimoliy sulola davri (386 – 577-yillar)ga mansub qabristonlardan topilgan rasmlarda shunday holatlar baʼzida esa otga soyabon tutib turgan xizmatkorlar bilan birga tasvirlangan. 

 

2-panel, aftidan, Shimoliy sulola taʼsirida yaratilgan. Mazkur haykallarda, xizmatkorlar va otlardan tashqari ikkita chavandoz tasvirlangan. Tasmalari hilpirab turgan sugʻdcha shlyapa kiyishgan boʻlsa-da, ular – baqtriyaliklar, degan taxmin ham bor.

 

Qadimiy Oks (Amudaryo) ham Baqtriya, ham Sugʻdiyona hududlaridan oqib oʻtgan. Uning Baqtriyadagi sohillari boʻyida Oks ibodatxonasi (hozirgi Janubiy Tojikiston) boʻlgan. Yaqinda olib borilgan qazishmalar chogʻida ushbu joyda Oks daryosi sharafiga qurbonlik qilingan otlarning suyaklari topilgan. 

 

Oyoqlariga tasmalar bogʻlangan chavandozsiz otlar hamda ogʻizlarini bogʻich bilan yopib olgan kohinlarning dafn marosimlari chogʻidagi tasvirlari Samarqand (Oʻzbekiston)dagi sugʻdlarning Afrosiyob devoriy suratlarida ham tasvirlangan. Bu kabi otlarni ham koʻpxudolikning ramzi sifatida talqin etish mumkin. Mazkur holat shunday maʼno anglatadiki, ogʻzi bogʻlangan rohib goʻyo ramziy tarzda tangrining qarshisida turibdi, "uchayotgan" bogʻichlar esa Axura Mazdaning kuchli shamoli taʼsirida hilpirayapti. 

Xitoy tosh devorlarida aks etgan Sug'd dafn etish odati