May oyi davomida "O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” mega-loyihasi doirasida chop etilgan kitob-albomlar Samarqand viloyatidagi 15 ta tashkilotga taqdim etildi.
O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, saqlash va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyati (WOSCU) tomonidan chop etilgan turkum kitoblar O‘zbekistonga oid va dunyoning turli mamlakatlari muzeylari hamda shaxsiy kolleksiyalarida saqlanayotgan san’at asarlari haqidagi keng qamrovli ma’lumotlar to‘plamidir. Kitoblar nafaqat olim va tadqiqotchilar, balki O‘zbekistonning boy madaniy merosiga qiziquvchi barcha mahalliy va xorijiy o‘quvchilar, yosh avlod vakillari uchun mo‘ljallangan.
Samarqand viloyati Pastdargʻom tuman hokimligi, Samarqand turizm va madaniy meros texnikumi, viloyat Sportni rivojlantirish boshqarmasi, "Suvoqova" korxonasi, shuningdek, bir nechta sayyohlik agentliklari va kompaniyalari ("Cheap Travel", "Karavan Travel", "Everest Trevel", "Atlas Avia Tour", "Mevlana tour", "Asialuxe Travel", "Anor"), "BEST TRAVEL" MCHJ hamda "Easy BOOKING", "Marjon", "Shaxrizoda", "Mustafa" mehmonxonalarining har biriga 10 jilddan, jami 150 jild kitoblar sovg'a qilindi.
"Anor" sayyohlik kompaniyasi rahbari, tadbirkor Lola G'afforova:
Kitoblar bizning qo'limizga ham yetib kelganidan mamnunmiz. Turizm yo'nalishida faoliyat olib borar ekanmiz, ushbu kitoblardagi qimmatli ma'lumotlar bizga juda asqatadi. Ularni varaqlab ko'rib, vatanimiz - O'zbekiston tarixi nihoyatda boy ekaniga amin bo'ldim. O'ylaymanki, madaniy merosimizni keng targ'ib qilish, ularni yoshlarimizga yetkazishda kitoblarning o'rni beqiyos.
WOSCU Axborot xizmati


_1.webp)



_1.webp)




