Madaniy boyliklarimiz Qozog'iston va Rossiyaga chiqib ketishining oldi olindi

Madaniy boyliklarimiz Qozog'iston va Rossiyaga chiqib ketishining oldi olindi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan chegaradan madaniy meros obyektlari va qadimiy buyumlar noqonuniy olib chiqilishining oldi olindi, deya xabar qildi O'zbekiston bojxona qo'mitasi axborot xizmati.

Madaniy boyliklarimiz Qozog'iston va Rossiyaga chiqib ketishining oldi olindi


“Nukus – Olmaota” yo‘nalishidagi aviaqatnov orqali Qozog‘iston Respublikasiga uchib ketayotgan fuqaroning qo‘l yuklari bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganda, yo‘lovchi tomonidan 3 dona qadimiy zargarlik buyumlari — 1 dona kulonli zanjir taqinchoq va 2 dona bilaguzukni hech qanday tegishli hujjatlarsiz olib chiqishga uringani aniqlandi.


“Toshkent – Volgograd” yo‘nalishidagi yo‘lovchi poyezdi nazoratdan o‘tkazilganda, vagon yo‘lovchilaridan birining yonida 1918–1995-yillarga oid bo‘lgan 25 turdagi jami 35 dona madaniy buyumlar borligi maʼlum bo‘ldi. Mazkur madaniy boyliklarni Rossiya Federatsiyasiga noqonuniy olib chiqishga urinish o‘z vaqtida to‘xtatib qolindi.
 

Madaniy boyliklarimiz Qozog'iston va Rossiyaga chiqib ketishining oldi olindi

Bojxona qo'mitasi tarixiy va madaniy ahamiyatga ega buyumlarni xorijga olib chiqish qonunchilikda belgilangan tartibda tegishli ruxsatnoma va hujjatlar asosida amalga oshirilishini eslatib o‘tgan.