“Lazgi va Avesto” muzeyi tashkil etiladi

“Lazgi va Avesto” muzeyi tashkil etiladi

Urganch shahrining Tazmiyaz hududidagi bino negizida “Lazgi va Avesto” muzeyi tashkil etiladi. Bu haqda Hukumatning tegishli qarori qabul qilindi.

“Lazgi va Avesto” muzeyi tashkil etiladi

Mazkur muzey Oʻzbekiston zamonaviy sanʼat muzeyi filiali sifatida faoliyat yuritadi. Yangi muzey Xorazmning nomoddiy madaniy merosi hisoblangan lazgi raqsi hamda qadimiy “Avesto” merosi tarixini keng jamoatchilikka yetkazishga xizmat qiladi. 

Qarorga ko‘ra, muzey fondini shakllantirish, eksponatlarni asrab-avaylash, yosh avlodni tarixiy va madaniy merosga hurmat ruhida tarbiyalash, shuningdek, mahalliy va xorijiy sayyohlarni keng jalb etish asosiy vazifalar etib belgilangan. Ekspozitsiyalarni tashkil etishda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish va jahon muzeyshunosligi tajribasini joriy etish ham ko‘zda tutilgan.

Mazkur muzey Xorazmning boy madaniy merosini zamonaviy talqinda namoyon etuvchi, ma’rifiy va turistik ahamiyatga ega muhim maskanlardan biriga aylanishi kutilmoqda.