Venetsiya biennalesida Oʻzbekiston paviloni ochildi

Venetsiya biennalesida Oʻzbekiston paviloni ochildi

9-mayda jahon san’at olamining eng nufuzli voqealaridan biri 61-Xalqaro san’at ko‘rgazmasi (Venetsiya biennalesi) start oldi. Unda O‘zbekiston pavilyoni uchinchi bor ishtirok etmoqda. Ko'rgazma 22-noyabrgacha  davom etadi.

Venetsiya biennalesida Oʻzbekiston paviloni ochildi

Afisha.uz yozishicha, O‘zbekiston madaniyat va san’atni rivojlantirish jamgʻarmasi tomonidan tashkil etilgan milliy pavilyon “Navo dengiz” deya nomlanib, ekologik fojia markazi bo‘lgan Orol dengiziga butunlay yangicha — san’at va afsonalar prizmasi orqali nazar solishni taklif etadi. Rassomlar Orol dengizi mavzusiga har doimgidek “ekologik fojia” yoki “yechilishi kerak bo‘lgan muammo” deb emas, balki falsafiy mushohada va san’at obyekti sifatida qarashga chorlaydi. Bu jamoa Orolning qurigan tubida shunchaki ayanchli manzarani emas, balki yangi hikoyalar va afsonalarni koʻradi.

Pavilyonni yaratishda 2015-yilda 18 yoshida Orol dengizini “jonlantirishni” boshlagan “Qoraqalpoq” asari muallifi Olloyor Darmenov ijodidan ilhomlanilgan. Uning asarlarida sahroda yashagan qilich baliqlarning qayta jonlangan suvlar bo‘ylab suzishi tasvirlanadi.

Venetsiya biennalesida Oʻzbekiston paviloni ochildi

“Navo dengiz” loyihasi Jamg‘armaning Orolbo‘yi mintaqasi va madaniyatini bilim va doimiy hamkorlik orqali rivojlantirishga bo‘lgan uzoq muddatli sodiqligini aks ettiradi. Buxoro biyennalesining Kuratorlik maktabidan Qoraqalpog‘istondagi fanlararo Orol maktabigacha biz madaniy va ekologik kelajakka ta’sir ko‘rsatadigan kishilar va g‘oyalarga sarmoya kiritamiz. Turli ovozlarni birlashtirgan holda ushbu pavilion fanlar o‘rtasida, avlodlar o‘rtasida hamda ekologik o‘zgarishlar sharoitida yashash nimalarni anglatishini tushunishning turli usullari o‘rtasida tajriba almashish uchun maydon yaratadi", — dedi O‘zbekiston madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi raisi Gayane Umerova.

Venetsiya biennalesida Oʻzbekiston paviloni ochildi

O‘zbekiston milliy pavilyoni bilan bir qatorda Toshkentdagi Zamonaviy san’at markazi tomonidan tashkil etilgan 61-Xalqaro san’at ko‘rgazmasi — Franketti saroyidagi Venetsiya biennalesining rasmiy hamroh tadbiri sifatida Vyacheslav Oxunovning “Tafakkur vositalari” nomli mashhur ko‘rgazmani ham bo'lib o'tmoqda.

 

Pavilyon rassomlari Jahongir Boboqulov (O‘zbekiston), Zi Qahramonova (O‘zbekiston), Aygul Sarsen (Qoraqalpog‘iston, O‘zbekiston), Zulfiya Spovart (O‘zbekiston), Sin Lyu (Xitoy), A.A. Murakami (Buyuk Britaniya; Yaponiya) va Nguyen Fuong Lin (Vyetnam) hisoblanadi. Ular turli janrlarda, jumladan, ilmiy modellashtirishdan tortib folklor tasavvurigacha, mahobatli to‘qimachilikdan tortib mualliflik hunarmandchiligigacha ijod qilgan.