Eron shohi Olloqulixonga yo'llagan maktubida nima deb yozgandi?

Eron shohi Olloqulixonga yo'llagan maktubida nima deb yozgandi?

“Ichan-Qal’a” davlat muzey-qo‘riqxonasi fondida saqlanayotgan hujjatlarning juda kam qismini tashkil etadigan xonlikning xorij davlatlari bilan yozishmalari bo‘lib, bunga sabab 1873-yilda xonlikning Rossiya tobeligiga tushib qolganidir. Tobelikdan oldingi davr hujjatlari ruslar tomonidan olib ketilgan bo‘lsa, undan keyin bu yozishmalar imkoni cheklangan edi.

Eron shohi Olloqulixonga yo'llagan maktubida nima deb yozgandi?

Bu davrga kelib, ya’ni XIX asr oxiri XX asr boshlarida yozishmalar asosan Xiva xonligi bilan Amudaryoning o‘ng qirg‘og‘ida tashkil etilgan Turkiston general-gubernatorligining Sirdaryo viloyati Amudaryo bo‘limi (Petro-Aleksandrovsk qo‘rg‘oni) ma’muriyati bilan olib borildi.

 

Shunday bo‘lsa-da, muzey-qo‘riqxonada Olloqulixonga (hukmronligi 1825 – 1842-yillar) Eron shohi tomonidan yozilgan va tilla suvi yurgizilib, chiroyli gullar bilan bezatilgan bir maktub saqlanadi. Unda, jumladan, shu so‘zlar yozilgan:
 

“Olloqulixon janoblari! Do‘stlik haqidagi maktublarni kutib turgan vaqtimizda Otaniyoz mahramboshi orqali yuborgan do‘stona xatingiz keldi. Yozilganlardan va Mirzo Rizoning aytganlaridan shu narsa ma’lum bo‘ldiki, siz o‘zaro kelishuv va do‘stlikni rivojlantirish niyatida ekansiz. Biz ham shunday. Ushbu maktub birdamlik va ittifoqni yanada mustahkamlash uchun yozildi. Elchingizni manziliga kuzatish va sizning salomatligingizni bilib kelish uchun Shohsuvorbekni yuboryapmiz”.