WOSCU kitoblari Samarqanddagi 125 tashkilot javonidan o'rin oldi

O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, saqlash va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyati (WOSCU) tomonidan amalga oshirilayotgan “O‘zbekiston madaniy merosi dunyo to‘plamlarida” mega-loyihasi doirasida chop etilgan kitob-albomlar Samarqand viloyatidagi turli nuqtalarga sovg'a qilinmoqda.

WOSCU kitoblari Samarqanddagi 125 tashkilot javonidan o'rin oldi

Xabar berib borayotganimizdek, mart oyida boshlangan jarayon Samarqanddagi 125 ta lokatsiyani qamrab oldi va jami 1100 ta kitob taqdim etildi. 

 

15-30-aprel kunlari davomida quyidagi manzillarga ham qimmatli ma'lumotlar to'plami yetkazildi: Jomboy tuman hokimligi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi Samarqand viloyati boshqarmasi, Jinoyat ishlari bo'yicha Samarqand shahar sudi, Pushkin nomidagi Samarqand viloyati axborot-kutubxona markazi, Hunarmadlar markazi, Xalqaro texnologiya universiteti, Imom Buxoriy majmuasi Innovatsion muzeyi, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Hadis ilmi maktabi, Chorsu mezoni hamda mehmonxonalar (“Sultan Boutigue Hotel”, "Bibixonum", "Shoxjaxon", "Minor", Grant plaza, ARGAMAK, VELLFORT).
 

Fotolavha:

WOSCU kitoblari Samarqanddagi 125 tashkilot javonidan o'rin oldi
WOSCU kitoblari Samarqanddagi 125 tashkilot javonidan o'rin oldi
WOSCU kitoblari Samarqanddagi 125 tashkilot javonidan o'rin oldi
WOSCU kitoblari Samarqanddagi 125 tashkilot javonidan o'rin oldi
WOSCU kitoblari Samarqanddagi 125 tashkilot javonidan o'rin oldi
WOSCU kitoblari Samarqanddagi 125 tashkilot javonidan o'rin oldi
WOSCU kitoblari Samarqanddagi 125 tashkilot javonidan o'rin oldi
WOSCU kitoblari Samarqanddagi 125 tashkilot javonidan o'rin oldi
WOSCU kitoblari Samarqanddagi 125 tashkilot javonidan o'rin oldi

"Universitetimiz texnologiyalar sohasiga yo'naltirilgan bo'lsa-da, talabalar va pedagoglar uchun ma'naviyat, ma'naviy meros albatta kerak. Bu kitoblar, shubhasiz, yoshlarimiz barkamolligiga xizmat qiladi. Ichidagi bebaho ma'lumotlar, suratlar nihoyatda katta mehnat natijasi ekanligi ko'rinib turibdi. Buning uchun Firdavs Faridunovichga, uning jamoasiga tashakkur aytamiz. Merosni tiklayotganingiz uchun ham tashakkur. Kitoblar ma'naviy poydevorimiz, tariximiz ko'zgusi, - dedi Samarqand Xalqaro texnologiya universiteti rektori Yusuf Abdulloyev.

WOSCU kitoblari Samarqanddagi 125 tashkilot javonidan o'rin oldi

Ushbu turkum kitoblar Prezident Shavkat Mirziyoyevning shaxsan tashabbusi, doimiy e'tibori va har tomonlama qo'llab-quvvatlashi tufayli amalga oshirilayotgan O'zbekiston madaniy merosini o'rganish, saqlash va ommalashtirish bo'yicha keng ko'lamli davlat va xalqaro dasturning tarkibiy qismi hisoblanadi. Nashrlar tarixiy merosni asrab-avaylash, mustahkamlash, shuningdek, O'zbekistonni jahon sivilizatsiyasining eng muhim markazlaridan biri sifatidagi o'rnini namoyon etishga xizmat qiladi. 

 

WOSCU axborot xizmati