... V–VIII asrlarda Sug‘d va Chochda shakllangan madaniyat zoomorf tasvirli buyumlarning uchta asosiy toifasida namoyon bo‘ladi: kamarlar, zeb-ziynatlar va maishiy buyumlar.
_uw3OFqN_1.webp)
Chochda qalqonida ayiq quloqli antropomorf niqob tasviri tushirilgan to‘qalar topilgan. V-simon ramkaning mavjudligiga ko‘ra, bu turkumdagi to‘qalar geraldik ko‘rinishdagi taqinchoqlarning kechki variantlariga mansub bo‘lib, ular, ehtimol, VII asrning ikkinchi yarmi – VIII asrning birinchi yarmida qo‘llanilgan.
Yuqoridagi davrga Quyi Xorazmdagi Kuyukqal’a shahar xarobasida topilgan aksariyat tumorlar ham kiradi. Ular orasida qobon shaklidagi katta guruh tumorlari va ayiq tasviri tushirilgan kichikroq guruh tumorlari ajralib turadi. Shoxdor kiyik shaklidagi tumorlar ham juda aniq modellashtirilgan.


VIII asr boshlarida Yevrosiyoning keng hududida geometrik shakldagi “umumturkiy” tipdagi qadama bezaklar bilan qoplangan kamarlar keng tarqalgan. Ularda, ham qoplamalarda, ham kamar poynagida, shuningdek, to‘qalarda hayvonlar tasvirlari tez-tez uchraydi. Ko‘pincha mushuksimon yirtqichlar tasvirlangan, ammo kiyik, tog‘ echkisi va buqalarning tasvirlari ham topilgan.


IX–X asrlarda hayvonlar tasvirlari, ko‘pincha yirtqich hayvonlar shaklida, ko‘chmanchilarning kamarlarida uchraydi. Aynan ular Somoniylar qo‘shinining asosiy qismini tashkil etgan. Kamar jangchi madaniyatining ajralmas qismi bo‘lganligi sababli, ularda yirtqichlar tasvirlari ko‘proq tarqalgan. Keyinchalik mushuksimon yirtqichlar XI asr – XIII asr boshlaridagi tasvirlarda asosiy o‘rinni egallagan. Ammo Qoraxoniylar davrida, musulmon dini talablariga ko‘ra, hayvonlarning tasvirlari uslublashtirilgan. Ko‘rsatilgan davrdagi mushuksimon yirtqichlarni uzun, qayrilgan va uchida “yoriq” palmetta bo‘lgan dumi orqali osongina aniqlash mumkin. Shuningdek, fantastik hayvonlarning tasvirlari ham paydo bo‘ladi – shu tariqa islomgacha bo‘lgan davrga xos bo‘lgan realistik tasvirlardan uzoqlashish yuz bergan.
