Buxoro amirligi yetakchilari suratkash Orde nigohida

Buxoro amirligi yetakchilari suratkash Orde nigohida

XIX asrning oxiri – XX asr boshiga oid tarixiy fotosuratlarda keyingi yarim asr davomida Xiva va Qo‘qon xonliklari, Buxoro amirligining tarixi va taqdirini hal qilganlarning yuzlari aks etgan. 

 

Tarixiy fotosuratlarda Buxoro amirligini 1860–1885-yillari boshqargan Said Muzaffariddin Bahodirxonning F. Orde tomonidan 1880-yillari tushirilgan faqat bittagina fotosurati ma’lum.

 

Said Muzaffariddin Bahodirxon 1885-yilda vafot etdi va Buxoroning Imlo Eshon qabristoniga ajdodlari yoniga dafn etildi. Zamondoshlarining ta’kidlashicha, “u xo‘mrayib yuradigan, qoshlari qalin, qarashlari yoniq va o‘tkir ko‘zli odam bo‘lgan… Nigohi, ovozi, yurish-turishi hamsuhbatga yoqimli”, yuzidan esa “ochiqlik va insoniylik ufurib turardi”. Uning fotoportretini kuzatganlarda ham shunday taassurot uyg‘onadi.

Buxoro amirligi yetakchilari suratkash Orde nigohida
Buxoro Amiri Said Muzaffariddin Bahodirxon (1860 – 1885-yillarda boshqargan)
F. Orde fotosi. 1880-yillar boshi

Orde kim?

1880-yillar oxiri – 1890-yillar boshida F. Orde tomonidan olingan juda ko‘plab fotosuratlar O‘rta Osiyoni etnografik fototasvirga olish jarayoni yangi bosqichga chiqayotgani haqidagi dastlabki ko‘zga tashlanarli namunalardan biri edi. Mazkur fotosuratchi tarjimayi holi, uning safar sharoitlari haqida hech qanaqa ma’lumot yo‘q bo‘lsa-da, uning fotouskunasiga tegishli O‘rta Osiyo, Kavkaz va Rossiyaning boshqa viloyatlari hamda ular atrofidagi hududlarga doir ko‘plab fotohujjatlar mavjud. Uning O‘rta Osiyoga tegishli fotosuratlaridan nafaqat betakror me’moriy obidalar va mashhur kishilar, oliy tabaqa vakillari, balki oddiy shaharliklar – bozorlar, hunarmandlar va ularning ustaxonalari, mahsulotlari, diniy va xalqona bayramlar hamda ko‘ngilochar tadbirlar ham o‘rin oldi. 

 

Amir Said Abdulahadxon (1885–1910-yillar hukmronlik qilgan) esa o‘zining yuqori lavozimli amaldorlari bilan bir qatorda ko‘plab fotosuratlarga tushgan. Ularning aksariyati 1880–1890-yillar oralig‘ida olingan.

Buxoro amirligi yetakchilari suratkash Orde nigohida
Amir Muzaffarxon o‘g‘li Said Mirsiddiqxon
F. Orde fotosi. 1880-yillar boshi
Buxoro amirligi yetakchilari suratkash Orde nigohida
Amir Abdulahadxonning ukasi Said Mir
Mansur va ustozi Mirzo Abdulvosiy to‘qsabo
Buxoro. F. Orde fotosi. 1890-yillar boshi
Buxoro amirligi yetakchilari suratkash Orde nigohida
Buxoro amirligi bosh vaziri – qushbegisi
Buxoro. F. Orde fotosi. 1880-yillar

Siyosiy yetakchilar fotosuratlari katta ahamiyatga ega bo‘lgan tarixiy manba hisoblanadi.