Miniatyurachi rassomlar tasavvurida Amir Temur qiyofasi

Miniatyurachi rassomlar tasavvurida Amir Temur qiyofasi

Buyuk va mohir sarkarda, uzoqni ko'ra oladigan hukmdor va iste'dodli tashkilotchi, kuchli Temuriylar davlati asoschisi Amir Temur (1336—1405) juda ko'p zamondoshlarining, shuningdek, kelgusi avlod vakillarining katta qiziqishiga sabab bo'lgan shaxslardan biri edi. Buning dalili sifatida nafaqat avloddan avlodga o'tib kelgan og'zaki manbalar, balki adabiy va musiqiy asarlar hamda tasviriy san'atning turli janrlarida aks ettirilgan Amir Temur obrazlarini keltirish mumkin.

 

1404-yilda Amir Temur saroyiga Ispaniya qirolining topshirig'iga ko'ra elchi vazifasida tashrif buyurgan Rui Gonzales de Klavixo o'zining "Amir Temur saroyiga sayohat kundaligi" asarida hukmdor va o'sha davrning yana qator tarixiy shaxslarning tashqi ko'rinishi haqida qimmatli ma'lumotlar bergan. U Amir Temurni shunday tavsiflaydi: 

 

"Podshoh lo'laboshiga yonboshlagan holda ipak ko'rpacha ustida o'ltirar edi. Podshohning egnida gulsiz silliq shohi yaktak, boshida uzun salla, sallaning yuqorisida qizil yoqut, javohir va boshqa qimmatbaho toshlar qadalgan".

 

Ibn Arabshoh shunday yozgandi: 

 

"Temurning qaddi-qomati kelishgan, bo'yi baland, peshonasi keng, boshi katta, ovozi baland bo'lib, kuchi shijoatidan kam emas edi; yuzidagi qizillik uning oqligiga yanada urg'u berardi. Yelkalari keng, barmoqlari ingichka va mushaklari baquvvat edi. Soqoli uzun; o'ng qo'li va oyog'i janglarda yaralangandi. Nigohlari juda mehribon edi..."

 

Amir Temurning miniatyuralardagi tasviri hozirda o'ta qimmatli qo'shimcha manba hisoblanadi. Miniatyura san'atidagi ma'lum tasvirlar orasida turli davrlarda va turli rassomlik markazlarida, Hirot va Sherozda temuriylar davrida, Sherozda safaviylar, Movarounnahr maktabida XVI-XVII asrlarda yaratilgan Amir Temur portretlari alohida jozibaga ega. Mashhur hukmdornming suratini boburiylar davrida Hindistonda juda ko'p yaratishgan.

Miniatyurachi rassomlar tasavvurida Amir Temur qiyofasi
Miniatyurachi rassomlar tasavvurida Amir Temur qiyofasi
Miniatyurachi rassomlar tasavvurida Amir Temur qiyofasi
Miniatyurachi rassomlar tasavvurida Amir Temur qiyofasi

Temurning ilk portreti

 

Amir Temurning bizgacha yetib kelgan ilk portretlaridan biri XIV asrlarga taalluqli. Buyuk sarkardaning jangovar libosdagi taxminan hayotlik chog'ida yaratilgan portreti noma'lum muallif tomonidan yaratilgan bo'lib, Galina Pugachenkova va Lazar Rempelning "O'zbekiston san'ati tarixi" monografiyasida e'lon qilingan (1965). Porrtetda uning chap qo'li o'ng qo'liga nisbatan kaltaroq, chap oyog'i buklangan, o'ng oyog'i esa to'g'ri holatda tasvirlangan. Musavvir shu tarzda Temurning 1362-yilda Seyistonda kechgan jangda olgan jarohati tufayli orttirgan jismoniy kamchiligini yashirgan. O'sha davr odob-axloq me'yorlariga ko'ra Amir Temur obrazi miniatyurachilar tomonidan ideal inson — hukmdor yoki jangchi qiyofasida ifodalangan.

Miniatyurachi rassomlar tasavvurida Amir Temur qiyofasi

Temur vafotidan so'ng XV asr o'rtalarida Sherozda Sharafiddin Ali Yazdiy "Zafarnoma" kitobini yaratdi. Kitobda buyuk sarkardaning hayoti va faoliyati ancha to'liq va haqqoniy ta'riflangan. Qo'lyozmaning ilk nusxalaridan biri 1435—1436-yillarda yaratilgan bo'lib, hozirda Nyu-Yorkdagi Metropoliten muzeyida saqlanmoqda.

 

"Zafarnoma" uchun yaratilgan dastlabki miniatyuralarda sohibqiron obrazi shartli ravishda ifodalangan bo'lib, rassom uning yuziga mongoloid irqi uchun xos xususiyatlarni kiritgan.

Miniatyurachi rassomlar tasavvurida Amir Temur qiyofasi