Kitob geoparkini UNESCO ro‘yxatiga kiritish masalasi ko'rib chiqildi

Kitob geoparkini UNESCO ro‘yxatiga kiritish masalasi ko'rib chiqildi

Toshkentda O‘zbekiston va YUNESKO tashkiloti vakillari o‘rtasida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Kitob geoparkini UNESCO ro‘yxatiga kiritish masalasi ko'rib chiqildi

“Dunyo” axborot agentligi xabar berishicha, uchrashuvda Kitob geoparkini UNESCOning Global geoparklar tarmog‘i ro‘yxatiga kiritish masalasi muhokama qilingan.

 

Muzokaralarda O‘zbekiston tomonidan Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi, Kitob geologiya qo‘riqxonasi hamda UNESCO huzuridagi vakolatxona vakillari ishtirok etgan. 

 

Ta'kidlanishicha, geoparkning asosiy vazifalari - barqaror turizmni rivojlantirish, hududning tarixiy va tabiiy merosini targ‘ib qilish hamda uning xalqaro nufuzini oshirish. Uni UNESCO tarmog‘iga kiritishdan asosiy maqsad – hududning sayyohlik imkoniyatlarini kengaytirish, infratuzilmani rivojlantirish va uni muhim tabiiy hamda ilmiy obyekt sifatida tanitishdir.

Kitob geoparkini UNESCO ro‘yxatiga kiritish masalasi ko'rib chiqildi
Kitob geoparkini UNESCO ro‘yxatiga kiritish masalasi ko'rib chiqildi
Kitob geoparkini UNESCO ro‘yxatiga kiritish masalasi ko'rib chiqildi

Ma'lumot uchun, Kitob milliy geologik qo‘riqxonasi Kitob tumanida Zarafshon tizmasi tarmoqlarida joylashgan noyob tabiat yodgorliklaridan biri. Qo‘riqxona maydoni 3938 gektarni, mutlaq balandliklar 1300-2650 metrni tashkil etadi. Qo‘riqxona hududidan Obi-Safit, Xo‘ja-Qo‘rg‘on, Zinzilbon, Novobak, Qushnova soylari go‘zal tabiat burchaklari hosil qilib oqib o‘tadi. Shuningdek, bu yerda paleontologiya muzeyi joylashgan.