WOSCU to'plamidagi nodir eksponatlar: Boburiylarning xanjar dastalari

WOSCU to'plamidagi nodir eksponatlar: Boburiylarning xanjar dastalari

XVII–XVIII asrlarda Hindistonda yaratilgan Boburiylar davriga oid xanjar dastalari bugun O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida saqlanmoqda va ularning barchasi WOSCU to‘plamiga mansub nodir eksponatlar hisoblanadi.

 

Boburiylar davrida qurolsozlik faqat jangovar ehtiyoj bilan cheklanmagan, balki hukmdorlik ramzi, saroy didi va siyosiy mavqeini ifodalovchi muhim badiiy sohalardan biriga aylangan. Ayniqsa, xanjar dastalari qurolning eng ko‘zga tashlanadigan qismi sifatida alohida eʼtibor bilan ishlangan.

 

Sivilizatsiyasi markazidagi birinchi xanjar dastasi uzunligi 16 santimetr bo‘lib, hayvon boshi shaklida fil suyagidan ishlangan. Cho‘zilgan bo‘yin va stilizatsiya qilingan bosh qismi qudrat, hushyorlik va nazorat ramzi sifatida talqin qilinadi. Tabiiy rang saqlangan holda ishlangani esa dastani ortiqcha bezaklarsiz, ammo mazmunan boy sanʼat asariga aylantirgan.

WOSCU to'plamidagi nodir eksponatlar: Boburiylarning xanjar dastalari

Ikkinchi xanjar dastasi 13 santimetr bo‘lib, u ham fil suyagidan ishlangan. Unda hayvon obrazi yanada aniq ifodalangan: bosh qismi yumaloq, ko‘z va tumshuq chiziqlari ravshan o‘yilgan. Pastki qismning kengaygan shakli dastaning qo‘lga mahkam o‘rnashishini taʼminlaydi. Bunday dastalar, odatda, saroy marosimlarida taqilgan.

WOSCU to'plamidagi nodir eksponatlar: Boburiylarning xanjar dastalari

Uchinchi — sher shaklidagi xanjar dastasi Boburiylar davri badiiy tosh o‘ymakorligining eng nafis namunalaridan biri hisoblanadi. Nefritdan ishlangan, taxminan 11 santimetrli bu dasta nafaqat estetik, balki ramziy jihatdan ham alohida ahamiyatga ega.

WOSCU to'plamidagi nodir eksponatlar: Boburiylarning xanjar dastalari

Qayd etish kerak, Boburiylar ikonografiyasida sher hukmdorlik, jasorat va oliy hokimiyat ramzi hisoblangan.