XV asrga oid Samarqand me'moriy koshinlari Fitsvilyam muzeyida

XV asrga oid Samarqand me'moriy koshinlari Fitsvilyam muzeyida

XV asrning meʼmoriy koshinlari – o‘sha davr kulolchilik ishlab chiqarishning eng yaxshi taassurot qoldiruvchi turlaridan biridir. Binolar shu tarzda bezatilgan ediki, g‘ishtin devor ko‘pincha koshin bilan butunlay qoplangan. Koshinlar tashqi ko‘rinishi va ishlab chiqarish usuli bilan bir-biridan farq qilgan.

Britaniyadagi Fitsvilyam muzeyida 5 ta rombsimon beshburchakli koshinlar saqlanadi. Har bir koshin shunday bo‘yalganki, hech bir moybo‘yoq oq sir ustiga qora chiziq bilan belgilangan chegaradan o‘tmagan. Ishlab chiqarishning so‘nggi bosqichida sirti yupqa varraq tilla yordamida zarhal bilan bezatilgan. Hozirgi vaqtda u deyarli butunlay yo‘qolgan. Sirti aylanasiga bo‘yalgan qiyin eriydigan qora bo‘yoq tarkibli rasm (naqshni) ikki marta toblash usuli, ko‘pincha kuerda seka (so‘zma so‘z "quruq chilvir" yoki aniqrog‘i "qora kontur uslubi") deb nomlanadi. 

Shunga o‘xshash shakldagi koshinlar G‘iyosiya madrasasi devorlaridagi koshinkor bezaklarining bir qismi edi. Muhtasham bezatilgan mazkur bino 864/1442 – 1443-yillarda Shohruxning vaziri Pir Ahmadning buyrug‘i bilan Xargirdda, tug‘ilgan joyidan unchalik uzoq bo‘lmagan joyda qurilgan.

Aytib o‘tilgan beshta koshinning to‘rttasida ularning avvalgi egasi Genri Ssipion Raytlingerning yozuvi saqlanib qolgan. Yozuvda: "Temurning nabirasi maqbarasidan, 1445" deyilgan. Biroq na Shohizinda majmuasida, na uning atrofidagi yerlarda bunday qabrning mavjudligi to‘g‘risida biron bir maʼlumot saqlanmagan.