Bug'u — qut-baraka, kuch-qudrat ramzi. Noyob haykal endi O'zbekistonda!

Bug'u — qut-baraka, kuch-qudrat ramzi. Noyob haykal endi O'zbekistonda!

Miloddan avvalgi II–I mingyilliklardan boshlab, yaʼni bronza davrida Markaziy Osiyo va unga tutash hududlarda totem hayvonlar tasviri keng tarqala boshlagan. Bug‘u, kiyik, ot, tuya va arslon obrazlari idishlar, haykalchalar hamda amaliy sanʼat buyumlarida aks etgan.

Bug'u — qut-baraka, kuch-qudrat ramzi. Noyob haykal endi O'zbekistonda!

Ayniqsa, shoxlari tarvaqaylab tasvirlangan bug‘u qadimgi xalqlarning dunyoqarashida qut-baraka, kuch-qudrat va hokimiyat ramzi sifatida qaralgan.

 

Bug‘u, xususan, ona bug‘u obrazi sak-skiflar davridan boshlab Markaziy Osiyo — Turon xalqlarining tasviriy va amaliy sanʼatida muhim ramz bo‘lib kelgan. Bug‘u tasvirlari Choch, Yettisuv, Farg‘ona va Sug‘d hududlariga oid muhrlar, tangalar, sopol va metall buyumlarda keng tarqalgan.

 

Bug'u haykali esa qadimgi eʼtiqodiy qarashlar, mifologik tasavvurlar va bronza davri badiiy tafakkurining yorqin ifodasidir.

 

Buyuk Britaniyadagi shaxsiy kolleksiyalarda saqlanib kelingan ushbu noyob yodgorlik O‘zbekistonga olib kelindi. Hozirda Islom sivilizatsiyasi markazi ekspozitsiyasida namoyish etilmoqda.