BBC "History Extra": “Meros posbonlari"

BBC "History Extra": “Meros posbonlari"

Britaniyaning "History Extra" nomli tarixiy jurnalida Oʻzbekistonning milliy madaniy merosni qaytarish boʻyicha amalga oshirayotgan faoliyatini yorituvchi maqola chop etildi.

BBC "History Extra": “Meros posbonlari"

Maqolada mamlakatda ushbu sohada yangi davrni boshlab bergan yirik madaniy loyihalardan biri — Islom sivilizatsiyasi markazi tilga olinadi. Markaz nafaqat O'zbekiston, balki Markaziy Osiyodan tashqari hududlar uchun ham yangi madaniy va taʼlimiy kodni shakllantirishga xizmat qilishi alohida taʼkidlanadi.

 

“Arxeologiya, sanʼat va texnologiyalar raqamli proyeksiyalar, yorugʻlik, ovoz va interaktiv yechimlar orqali yagona oqimga uygʻunlashadi”, deyiladi maqolada.