Yangi monografiya: “Markaziy Osiyo torevtikasi: Ahamoniylardan Shayboniylargacha”

O‘zR FA San’atshunoslik instituti olimlari — professor Akbar Hakimov, katta ilmiy xodim Masharib Abdullayev muallifligida “Markaziy Osiyo torevtikasi: Ahamoniylardan Shayboniylargacha” nomli yangi monografiya nashr etildi.

Yangi monografiya: “Markaziy Osiyo torevtikasi: Ahamoniylardan Shayboniylargacha”

Ushbu nashr Markaziy Osiyoning madaniy va badiiy merosiga oid yangi materiallar — artefaktlar tahliliga asoslangan. Mazkur artefaktlar O‘zbekiston tomonidan Londondagi auksion uylari va shaxsiy galereyalaridan O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining ko‘rgazmasi hamda kolleksiyalari uchun sotib olingan. Olingan artefaktlarning aksariyati torevtika edi.

 

Asosiy g‘oya — qadimgi davrlardan o‘zbek xonliklari davrigacha Markaziy Osiyoda oltin, kumush va mis buyumlarning shakllar evolyutsiyasini, motivlarning semantikasini va uslub evolyutsiyasini o‘rganish.

Yangi monografiya: “Markaziy Osiyo torevtikasi: Ahamoniylardan Shayboniylargacha”

Eslatib o'tamiz, Londondagi Sotheby‘s va Christie‘s auksion uylarida, shaxsiy kolleksiyalarda saqlanib kelgan O‘zbekiston tarixiga oid noyob artefaktlar va Qurʼon qo‘lyozmalari Vatanga qaytarildi. Eksponatlar Yangi O‘zbekistonning madaniy-tarixiy merosni asrash, o‘rganish va targ‘ib qilish yo‘lidagi navbatdagi yutuqlarini amalda isbotladi.