Usmon Mus'hafi Islom sivilizatsiyasi markaziga ko'chirildi

Usmon Mus'hafi Islom sivilizatsiyasi markaziga ko'chirildi

Islom tarixining eng ulug‘ va muqaddas qo‘lyozmalaridan biri — Hazrati Usmon (r.a.) davrida ko‘chirilgan USMON MUS'HAFI Toshkentdagi Hazrati Imom majmuasida joylashgan “Mo‘yi muborak” madrasasi muzeyidan Islom sivilizatsiyasi markaziga ko‘chirildi.

Usmon Mus'hafi Islom sivilizatsiyasi markaziga ko'chirildi

USMON MUS'HAFI HAQIDA:

 

  • Dunyoda “Toshkent Qur’oni” nomi bilan tanilgan;
  • 338 varaqdan iborat, har bir sahifa o'lchami — 53x68 cm;
  • Uchinchi halifa Usmon ibn Affon (r.a.) buyruqlariga asosan VII asrda kiyik terisiga Hijoz xatida yozilgan va muqovalangan;
  • XIV asrda Amir Temur tomonidan Iroqdan Samarqandga olib kelingan. 1924-yilda Toshkentga qaytarilgan;
  • 1997-yilda UNЕSCOning “Dunyo xotirasi" ro‘yxatiga kiritilgan.

 

Eslatib o'tamiz, WOSCU hamda BBC hamkorligida "Usmon Qur'onining qaytishi" hujjatli filmi yaratilgan.