Qog'ozda emas, toshda... Amir Temurning g'alaba yozuvi

Qog'ozda emas, toshda... Amir Temurning g'alaba yozuvi

Amir Temurning 1391-yildagi To'xtamish yurtiga harbiy yurishi haqida yozilgan tosh bo'lagi hozirda Davlat Ermitajida saqlanadi. Yozuv Qarsaqpay darasidagi Oltin-Chuku tog‘i (bugungi Qozog‘iston)dan topilgan.

Qog'ozda emas, toshda... Amir Temurning g'alaba yozuvi

Yozuv harbiy yurishning ko‘lami va ahamiyatini taʼkidlaydi. Unda Qurʼonning uch qatorli yozuvi bor: "Mehribon va rahmdil Alloh nomi bilan! Hukmdorlarning Rabbi, Haqiqat muqaddasligi, Hushyor himoyachi, Qudratli va kuchli, hayot va o‘limning donishmand hakami!"

 

Qolgan sakkizta qator uyg‘ur alifbosida, chig‘atoy tilida o‘yilgan: "Yetti yuz to‘qson uchinchi yil, qo‘y yilining bahordagi o‘rta oyida (1391-yil 6-aprel) Turon sultoni Temurbek bulg‘or xoni To‘xtamishxonga qarshi Islom uchun uch yuz ming askar bilan ko‘tarildi. Bu yerga yetib kelib, u unutilmas belgi sifatida bu qo‘rg‘onni qurdi. Xudo xohlasa, Rabbimiz adolat qilsin! Rabbimiz yurt xalqiga rahm qilsin! Ular bizni ibodat bilan eslashsin!"

 

Amir Temurning 1391-yilgi harbiy yurishi Kondurcha daryosidagi jang bilan tugadi (Rossiyaning hozirgi Samara viloyati). Oqibatda bu jangda To‘xtamish mag‘lubiyatga uchradi.