Umar Hayyomning "Titanik"da yo'lga chiqib, manzilga yetib bormagan merosi

Umar Hayyomning "Titanik"da yo'lga chiqib, manzilga yetib bormagan merosi

Eronning Nishopur shahrida dunyoga kelgan buyuk faylasuf, olim va shoir Umar Hayyom nomi G‘arbda ham mashhur edi. Ruboiylari Yevropa tillariga qayta-qayta tarjima qilingan. Hatto uning to‘plamlari o‘ta qimmatbaho tuhfalar ko‘rinishida maxsus muqovalarda chop etilgan...

 

Shunday nashrlardan biri 1911-yilda "The Great Omar" – “Buyuk Umar” nomi bilan nashr qilingan. Uch tovus surati aks etgan mazkur kitob muqovasi oltin bilan ziynatlangan bo‘lib, unda mingdan ortiq yoqut, zumrat, aqiq, feruza singari qimmatbaho toshlar ham ishlatilgan.

 

Qandaydir sabablarga ko‘ra, kitobning egasi 1912-yil 29-mart kuni Londonda, Sotheby's auksion uyida savdoga qo‘yadi. Kitob 405 funt-sterling (hozirgi qiymatda hisoblansa, 60 ming AQSH dollari)ga sotiladi. 

 

Auksion uyi xodimlari kitobni maxsus o‘ramda manzilga yetkazish uchun Amerikaga otlangan “Titanik” bortiga yuklashadi. Kema 1912-yilning 10-aprel kuni yo‘lga tushadi. U 17-aprelda manzilga yetib borishi kerak edi. Ammo15-aprel kuni muz tog'iga urilib, 1496 yo‘lovchi va ekipaj aʼzolari bilan birga Umar Hayyomning qimmatbaho to‘plami ham Atlantika okeani tubiga g‘arq bo‘ladi...

 

Keyinchalik Londonda ushbu nodir kitob muqovasining nusxasi yasaladi va Britaniya kutubxonasiga tuhfa qilinadi. 

Umar Hayyomning "Titanik"da yo'lga chiqib, manzilga yetib bormagan merosi