Butunrossiya amaliy-bezak va xalq san'ati muzeyida Sharq syujetlari tasvirlangan rasmli patnislar saqlanmoqda. Ushbu eskizlar muallifi Mariya Nesterova.
Mariya Aleksandrovna Nesterova-Berzina taqdirida O'zbekiston yetakchi ahamiyatga ega. U Samarqandda tug'ilgan, bolaligi shu yerda o'tgan va gimnaziyani tugatgan.
Moskva Markaziy hunarmandchilik muzeyi bilan hamkorlik qilgan, 1932-yilda Samarqanddagi ipakchilik hamda gilam fabrikasida xizmat safarida bo'lgan. Xizmat safari paytida u yaratgan "Gilam to'quvchi", "Choyxona", "Meva terish" va boshqa rasmlari Fedoskino va Jostova sanoat markazlariga ishlab chiqarish uchun taqdim etilib, keyinchalik metall va papye-mashega lokli bezak berishda foydalanilgan.
Ayni paytda rassomning patnis va qutichalarga lokli tasvir yordamida asliga qarab ishlangan noyob ishlari Butunrossiya amaliy-bezak va xalq san'ati muzeyi fondlaridagina aniqlangan.




