“Alpomish”dan “Manas”gacha – turkiy xalqlar qahramonlik eposlari yagona jildda chop etildi

“Alpomish”dan “Manas”gacha – turkiy xalqlar qahramonlik eposlari yagona jildda chop etildi

UNESCOning Samarqanddagi 43-sessiya doirasida O‘zbekiston Prezidenti tashabbusi va taklifi bilan Turkiy madaniyat va merosi fondi tomonidan chop etilayotgan “Turkiy xalqlar folklori ko‘p jildligi”ning ilk jildi nashri taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Fanlar Akademiyasi xabar qildi.

“Alpomish”dan “Manas”gacha – turkiy xalqlar qahramonlik eposlari yagona jildda chop etildi

“Turkiy xalqlar folklori ko‘p jildligi”ning dastlabki jildidan ozarbayjon, qozoq, qirg‘iz, turk va o‘zbek xalqlarining eng yorqin qahramonlik dostonlari, jumladan "Kitabi-Dada Qo‘rqud", "Go‘ro‘g‘li", "Alpomish", "Qobilandi botir", "Qambar botir", "Edige", "Er Sayin", "Er Targ‘in", "Qirimning qiriq botiri", "Manas", "Rustamxon", "Murodxon" kabi  dostonlar joy olgan. 

“Alpomish”dan “Manas”gacha – turkiy xalqlar qahramonlik eposlari yagona jildda chop etildi

Ma'lumki, turkiy xalqlarning qahramonlik dostonlari shunchaki badiiy so‘z san'ati namunasigina emas, balki turkiy xalqlar hayoti aks etgan badiiy tarixdir. 


"Dastlabki jilddan o‘rin olgan “Alpomish”, “Rustamxon”, “Murodxon” kabi dostonlar olis zamonlardan to bugungi kungacha baxshilarimiz tomonidan sevib kuylanib kelinmoqda. Bu doston namunalarini ijro etuvchi baxshilarimizning san'ati UNESCOning nomoddiy madaniy meros reprezentativ ro‘yxatidan joy olgani yanada quvonarlidir. Turkiy xalqlar folklorining keyingi jildlarida folklorning barcha janrlariga o‘rin berilishi ko‘zda tutilgan. Bu namunalar eng sara, eng mukammal namunalar ekanligi bilan alohida ahamiyatga ega", deyiladi xabarda.

 

Loyiha turkiy dunyoning eng yetakchi folklorshunos olimlari, soha mutaxassislari tomonidan nashrga tayyorlangan.