Mingtepa yodgorligi Samarqand shahridan 20 km shimoli-sharqda, Jomboy tumani Qoramo‘yin mahallasining shimoli-g‘arbida, Bulung‘ur kanalining o‘rta oqimida joylashgan. Mahalliy aholi tomonidan To‘rtko‘ltepa deb ham nomlanadi.

Bu yerdagi arxeologik topilmalar va madaniy qatlamlar yodgorlik Sug‘dning VII-VIII asrlarda yirik va muhim shahri bo‘lganligini borligi tasdiqlaydi. Sharqdan kelgan karvonlar Mingtepa shahrida to‘xtab, keyin Samarqandga kirib kelgan.
Zarnews saytida yozilishicha, yodgorlikni o‘rganish jarayonida milodning VII-VIII asrlariga oid paxsa va xom g‘ishtdan qurilgan mahobatli uylarning o‘rni aniqlangan. Ushbu uylarning o‘rnini ochishda arxeolog mutaxassislar ko‘plab qadimgi uy-ro‘zg‘or buyumlari, kulollik idish buyumlari va savdo-sotiqda ishlatilgan sug‘d hukmdorlari tomonidan zarb qilingan mis tangalar topilgan. Topilmalar orasida bir qancha tanga topilmalari, Xitoy Suy yoki Tang sulolasi pul birligiga taqlidan sug‘d tangalari sifatida belgilangan. Bu topilmalar Mingtepaning aksariyat tangalari singari Xitoyning Samarqand bilan savdo aloqalari borligini ko‘rsatadi.
Topilgan tangalar orasida bir tomonida er-xotin surati tushirilgan va sug‘d afsonasi bilan turkiy tilda “Xatun” yozuvi bitilgan tamg‘a tasvirini ko‘rish mumkin.


_1.webp)