Rossiyalik sayyoh va diplomat Semyon Malenkоy 1698-yilda Buyuk Boburiylar sulolasi poytaxti — Dehlida, sulton Avrangzebning saroyida mehmon bo‘lib, davlat boshqaruvi, madaniy hayot va odatlar bilan tanishadi. Safarnomasiga bir muhim hujjatni ham kiritadi. Bu – turkiy (eski o‘zbek) tilda yozilgan farmon edi.
Malenkоyning yozuvlarida qayd etilishicha, Avrangzeb saroyida eski o‘zbek tili asosiy rasmiy til sifatida keng qo‘llanilgan va davlat ishlari shu tilda yuritilgan. Uning safarnomasida aynan shu davrda chiqarilgan turkiy (o‘zbek) tilidagi bir farmon nusxasi ham keltirilgan. Bu nusxa keyinchalik Rossiyaga olib ketilgan va hozirda Rossiya tashqi ishlar vazirligining markaziy arxivida saqlanmoqda.
Albatta, ushbu tarixiy manba ham siyosiy hujjat, ham madaniy meros sifatida katta ahamiyatga ega. XVII asr oxirlariga qadar ham Boburiy sulolasi o‘z ildizlarini unutmaganini, o‘z ona tilini davlat boshqaruvining asosiy vositasi sifatida saqlab qolganini ko‘rsatadi.
Avrangzeb davrida yaratilgan bu kabi moddiy va madaniy yodgorliklar, kashfiyotlar, ilm-fan, sanʼt va madaniyat durdonalari bilan tez orada O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi ekspozitsiyasida yaqindan tanishish mumkin bo‘ladi.
)_5NUSI7g_1.webp)
Mirot al-Ashbohi Salotini Osmon-joh kitobi
