Mo‘g‘ulistonning Ulan-Bator shahrida "Yangi O‘zbekiston" nomli fotoko'rgazma tashkil etildi, deya xabar berdi Turizm qo'mitasi.
“O‘zbekiston - Buyuk Ipak yo‘li durdonasi” O‘zbekiston-Mo‘g‘uliston turizm forumi doirasida bo'lib o'tgan ko'rgazma mamlakatimizda madaniy meros yodgorliklari, milliy taomlar, hunarmandchilik hamda o‘zbek xalqining an'analarini, turizm sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni aks ettirgan.
Yurtimizda ro‘y berayotgan ilg‘or o‘zgarishlar ramzi bo‘lgan tarixiy obidalar, tabiat manzaralari va zamonaviy arxitektura tasvirlari tashrif buyuruvchilarning alohida e’tiborini tortdi. Mehmonlar tarixiy-madaniy merosimizning boyligi, shuningdek, turizm sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning ko‘lami va yo‘nalishlari haqida yanada to‘liqroq tasavvurga ega bo‘ldi.



