Ibn Sinoning Yevropada talash boʻlgan noyob qoʻlyozmasi (video)

Ibn Sinoning Yevropada talash boʻlgan noyob qoʻlyozmasi (video)

Jahon ilm-fan taraqqiyotiga ulkan hissa qo'shgan, G'arbda Avitsenna nomi bilan mashhur vatandoshimiz Abu Ali Ibn Sino merosiga Yevropada ham qiziqish katta bo'lgan. 

 

Ibn Sinoning 1024-yilda yozib tugatgan "Tib qonunlari" asari tezda qo’lma-qo’l bo’lib ketadi, XVII asrda lotin tiliga tarjima qilinadi. Chunki Ibn Sino yunon, hind va musulmon tabobatida saqlanib qolgan an’analarni o’rganib chiqib, tahlil qilgan, mantiqiy tizimlashtirgan va yaxlit kitob holatiga keltirgan edi. Amaliy qo’llanma sifatida asarning ahamiyati yuqori bo’lgan. 

 

Hozirda Italiyaning Bolonya universiteti kutubxonasida “Tib qonunlari”ning ikkita qadimiy qo’lyozmasi saqlanadi. Qo’lyozmalar XIV-XV asrga tegishli, deyish mumkin. Ikki qo’lyozma ivrit tilida yozilgan. 

 

Asar ma’lum muddat Fransiya kutubxonasida ham saqlangan? U yerga qanday borib qolgani va yana Italiyaga qanday qilib qaytarilgani haqida quyidagi reportajda bayon etilgan.

 

Qayd etish kerak, Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi olimlari asarning faksimile nusxasini markazga olib kelish boʻyicha amaliy ishlarni boshlagan.