Prezident Shavkat Mirziyoyev 29-yanvar kuni O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurib, bu yerda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishgan edi.
Davlat rahbari Markazda ulug‘ ajdodlarimiz merosini chuqur tadqiq qilish zarurligini ta’kidladi. Buning uchun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy nomidagi va boshqa xalqaro ilmiy-ma’rifiy tashkilotlar faoliyatini ilmiy-uslubiy jihatdan muvofiqlashtirish, birgalikda zamonaviy tahdidlarga munosib ilmiy javoblar topish, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish kerakligini aytdi.
Quyida ushbu tashrifga oid videolavha:
