Madaniy meros haqidagi fikrlar qarama-qarshi bo‘lishi muqarrar, bunda raqobatchi davlatlar o‘rtasidagi daʼvolar tufayli bahslar keskinlashadi, bu esa muammolarni yuzaga keltirishi mumkin. Bir davlatning sanʼat asarlari va osori-atiqalari boshqa davlatda ekanligi haqidagi bahslar son-sanoqsiz. Noqonuniy ravishda sotib olingan obyektlarning kelib chiqishi aniqlangandan so‘ng, ularning o‘z mamlakatiga qaytarilishini talab qiluvchi YUNESKO Konvensiyasi mavjud. Bu aslida nizolar muqarrar ravishda davom etishini tan oladi va shuning uchun mavjud asoslarni ko‘rib chiqishni talab qiladi. Mamlakatlar madaniy obyektlar bo‘yicha kelishmovchiliklarni tinch yo‘l bilan hal qilgan ko‘plab holatlar mavjud bo‘lsada, ko‘p yillik bahsli ishlar hal etilmagan. Eng mashhur holatlardan biri – Hindistonning afsonaviy Ko‘hinur olmosi. U fors hukmdori Nodirshoh tomonidan olib ketilgan va siklar hukmdori Maxaraja Ranjit Singx tomonidan Britaniya bosimi ostida qaytarilgan, uning o‘g‘li Dalip Singx uni XIX asrda Qirolicha Viktoriyaga "hadya qilgan". Buyuk Britaniya bu hadya ekanligini aytib, olmosga egalik huquqini daʼvo qilmoqda. Bir yoqda boshqa to‘rt daʼvogar, yaʼni Hindiston, Pokiston, Eron va Afg‘oniston bahslashmoqda. Vaqti-vaqti bilan yangi burilishlar bilan muhokamadagi mavzuga aylanib borayotgan bunday uzoq davom etgan janjallardan farqli o‘laroq, O‘zbekistonning madaniy merosdan xalqlar va mamlakatlar o‘rtasidagi muloqot yo‘li sifatida foydalanish tashabbusi chinakam innovatsiondir. O‘zbekiston poytaxti Toshkent va uning qadimiy Samarqand shahrida ikki kun davomida o‘tkazilgan Madaniy meros bo‘yicha xalqaro ilmiy kongressga 220 ga yaqin xalqaro olim, ekspert va muzey rahbarlari, kamida 15 davlatdan 120 nafar ishtirokchi yig‘ildi. YUNESKO, ISOMOS (Yodgorliklar va tarixiy obidalarni saqlash bo‘yicha xalqaro kengash) va Germaniya Konrad Adenauer jamg‘armasi ko‘magida kongress kun tartibiga xalqlar o‘rtasidagi muloqot asosi sifatida madaniy merosni mustahkamlash yo‘llari va vositalarini muhokama qilish belgilandi. Bunday suhbatlar har qanday davlatning boshqa mamlakatlardagi merosini chuqur o‘rganish, tadqiq etish va hujjatlashtirishni talab qiladi; jarayonning o‘zi esa muloqot, hamkorlik va ishtirok etayotgan mamlakatlarning moddiy va badiiy madaniyatini yana-da kengroq targ‘ib qilishni anglatadi. Kongressni har yili o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilindi va shu maqsadda doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi Ilmiy qo‘mita tashkil etildi. Kongressda taqdim etilgan o‘zbek moddiy va badiiy buyumlari, turli mamlakatlardagi anʼana va amaliyotlarni o‘rganish bo‘yicha qator maʼruzalar va maqolalar eʼlon qilinishi rejalashtirilgan. Madaniyatlararo muloqot maqsadini amalga oshirish maqsadida "O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" loyihasi O‘zbekiston merosiga bag‘ishlangan 10 jild kitoblar va bir qancha qisqa metrajli filmlarni taqdim etdi. O‘zbek kolleksiyalariga, jumladan, Rossiya, Shimoliy Amerika va Avstraliyaning yetakchi muzeylariga bag‘ishlangan o‘zbek, rus va ingliz tillarida yaratilgan ushbu ajoyib turkum kitob-albomlarning mualliflari taniqli sanʼatshunoslar, sharqshunoslar, musiqashunoslar, arxeologlar, muzey kuratorlari va boshqa olimlardir. Ular vizual materiallar bilan to‘ldirilgan va hali biron joyda chop etilmagan boy materiallarni o‘z ichiga oladi, dedi Kongress delegati.
Bu muallif suhbatlashgan delegatlarning deyarli barchasi nashrlar va ularning foydaliligini maqtashdi; ko‘proq kitob albomlar va filmlar chiqarish bo‘yicha loyihalarni davom ettirishga hissa qo‘shishi shubhasiz. “Ularning meros haqida yozilgan maqolalari sifati meni hayratda qoldirdi. Dunyo muzeylari va kolleksiyalaridagi ashyolarni turli sabablarga ko‘ra o‘z mamlakatiga qaytarib bo‘lmasligi sababli, kitob holida chop etish loyihasi O‘zbekistonga o‘z merosi bilan ishlashda samarali rol o‘ynadi”, – deydi doktor Kristof Rauх, Prussiyadagi Sharq departamenti direktori. Bu haqda muallifga Berlindagi Germaniya Davlat kutubxonasi maʼlum qildi. Darhaqiqat, ko‘plab delegatlar bu boshqa davlatlar ham amal qilishi mumkin bo‘lgan yaxshi g‘oya ekanligini aytishdi. Aleksandr Vilgelm, universitet o‘qituvchisi va Ispaniya hamda Germaniyada faol noshir, u albom loyihasining davom etishini olqishlaydi. “Men noshirman. Xullas, mening fikrimcha, nashr, printsipial jihatdan, yaxshi.
Xalqlar, ularning turmush tarzi va merosi, madaniy yutuqlari haqida maʼlumot berish o‘zaro tushunishni boshlash va chuqurlashtirish uchun zarur qadamdir. Bu esa mojarolarning oldini olishga yordam beradi”. Nyu-Dehlidagi Hindiston Milliy muzeyi bosh direktori doktor B. R. Mani IDN ga Kongress maqsadli va samarali tadbir bo‘lganini aytdi. Ehtimol, boshqa hech bir davlat Kongressdan oldingi qisqa vaqt ichida O‘zbekistondagidek o‘zining madaniy obyektlari bo‘yicha jahon miqyosida tadqiqot o‘tkazmagandir. Bu O‘zbekiston qilgan ish yaxshi g‘oya. Boshqa davlatlar ham shunday qilishlari kerak. Men Hindiston ham shu yo‘nalishda nimadir qilishini istardim. Axir Hindistondan boshqa mamlakatlarga olib ketilgan o‘n minglab moddiy va badiiy buyumlar bor”, – deydi doktor Mani. Uning fikricha, obyektlar va ularning joylashuvi haqidagi hisobotlar va nashrlar ortidan ko‘rib chiqish, ular qaysi davlatga tegishli ekanligini so‘rash va ularni topishga harakat qilishdan ko‘ra muhimroqdir. "Ushbu Kongress va u uning vositasida tafakkur qilish uning qaytishini taʼminlash uchun mo‘ljallanmagan", dedi doktor Mani. Markaziy Yevropadan kelgan ekspertning aytishicha, madaniy merosni insoniyatning umumiy merosi sifatida qabul qilish tendensiyasi barcha chegaralardan qatʼi nazar, keng tarqalishi bilanoq, mamlakatlar o‘zlarida mavjud bo‘lgan narsalarni bo‘lishishi uchun ochiq bo‘ladi. "Baʼzi qimmatbaho buyumlar va ularning jalb qilinishi bilan bog‘liq sirlar ham yo‘qoladi". Anonim qolishni istagan Buyuk Britaniya delegatining aytishicha, obyektlarni qaytarish istagi, hech bo‘lmaganda, baʼzi hollarda, "eskirgan millatchilik" tafakkuri bilan bog‘liq. Uning fikricha, globallashgan dunyoda madaniy merosga “insoniyatning umumiy merosi” sifatida qarash va umuminsoniy foydalanishga intilish maqsadga muvofiqdir. Bu tanlangan ekspertlar guruhi o‘rtasida obyektlarni o‘zlarining asl madaniy hududiga qaytarishni taʼminlashdan farqli o‘laroq, ular joylashgan joyda saqlashning afzalliklari haqida jonli norasmiy muhokamaga olib keldi. Doktor Rauxning taʼkidlashicha, millat tushunchasi nisbatan yosh tushuncha bo‘lib, dunyoning ko‘p joylarida allaqachon tahlil qilinmoqda.
"Meros maʼlum xalqlarga tegishli deb o‘ylamayman, chunki madaniy chegaralar zamonaviy davlatlar chegaralari bilan bir xil emas". Kongressda maʼruza qilgan noshir Aleksandr Vilgelm ushbu tadbir va almashinuvlar ochgan istiqbollarga optimistik qaraydi. Uning ishonchi komilki, “Madaniy meros” muloqot uchun juda yaxshi platforma. Bu “Bir-birini bilish – o‘zaro tushunishning eng yaxshi usuli. O‘z o‘tmishi va yutuqlarini taqdim etish turli madaniyatlarni yaxshiroq tushunishga yordam beradi. Nomaʼlum narsa xavfli bo‘lmasa ham, har doim shubhali. Yaqin va uzoq qo‘shnilarimni tanisam, qo‘rquv yo‘qoladi va tushunish kuchayadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Kongress ishtirokchilarga O‘zbekistonni yaqinroq bilish imkonini berdi. Bu tushuncha o‘zbek merosini dunyoga yana-da kengroq targ‘ib qilish uchun yo‘nalishlar yaratdi. Kongress, uning so‘zlariga ko‘ra, mavjud ilmiy loyihalarni tezlashtirdi va hatto yangi ilmiy loyihalarni ishga tushirdi, bu yaxshi: ko‘proq bilim har doim afzallik va tushunmovchilik xavfini kamaytiradi. Shuningdek, bu saʼy-harakatlar turizmni, ayniqsa, madaniy turizmni rivojlantirishga xizmat qilishi kutilmoqda. Doktor Rauxning aytishicha, Kongressning asosiy maqsadlaridan biri, albatta, O‘zbekistonni jahon sayyohlik yo‘nalishi sifatida tanitishdir. “O‘zbekiston yosh davlat, u o‘zligini mustahkamlashi uchun shunday yirik kongressga ehtiyoji bor”, – deydi doktor Raux. Ismini oshkor qilmaslikni so‘ragan boshqa bir tarixchi ham bu fikrni qo‘llab-quvvatlab, Sovet Ittifoqi parchalanganidan keyin O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida “do‘stonamunosabatlar” va “sog‘lom muvozanat” paydo bo‘ldi va madaniy merosni masalasida muammo va tortishuvlar kelib chiqmadi. Meros masalasi – yana bir ishtirokchi qo‘shimcha qilganidek, ko‘plab mustaqil rivojlanayotgan mamlakatlar va ularning sobiq mustamlaka hukmdorlari o‘rtasidagi vaziyat. Vilgelmning aytishicha, xavflar bor, chunki madaniy meros ham muammolarga to‘la.
Turli madaniyatlar tomonidan daʼvo qilingan bir meros masalasi juda xavflidir. “Baʼzi tarixiy voqealar turli odamlar tomonidan turlicha qabul qilinadi. Shuning uchun, menimcha, "madaniy tomon"ga yopishib olish va potensial xavfli siyosiy va tarixiy voqealarni istisno qilish kerak", deya qo‘shimcha qildi u. Hindiston Milliy muzeyi arab qo‘lyozmalari kuratori yordamchisi K. Rahmon Kongressdagi o‘z sharhida taʼkidlaganidek: “Ushbu seminar, o‘zbek merosi, uning og‘zaki, tasviriy va adabiy madaniyatini yoritib berish butun dunyo bo‘ylab olimlar va ekspertlarning o‘z bilim va tajribalarini almashish uchun qulay maydonga aylandi. Tajriba va almashuv O‘zbekistonning madaniy merosi bilan cheklanib qolmay, balki boshqa xalqlar va madaniyatlarni qamrab oladigan hamkorlikning yangi yo‘llarini ochadi, albatta.
* Shastri Ramachandaran – IDN-INPS katta muharriri hamda Nyu-Dehlidagi mintaqaviy va global muammolar bo‘yicha mustaqil sharhlovchi. U O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi taklifi bilan Toshkent va Samarqand shaharlarida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston madaniy merosi xalqaro kongressiga tashrif buyurdi. [IDN-InDepthNews – 2017 yil 23 may]























































































