2018-yildan beri O‘zbekistondagi o‘zgarishlarni, yangi tashabbuslarni o‘rgangan, xususan, qadimiy qo‘lyozmalarni tadqiq etish markazining rahbari sifatida O‘zbekistonga bir necha bor borgan inson sifatida guvohlik berishim mumkinki, O‘zbekistonda yangi uyg‘onish davri uchun ulkan salohiyat shakllanmoqda.
Xususan, davlat rahbari Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekistonda buyuk allomalar ilmiy merosini o‘rganish bo‘yicha ilgari surgan tashabbuslari o‘ta noyob hodisa.
O‘zbekiston Prezidentining boy ilmiy-madaniy merosni asrab-avaylash va kelajak avlodga yetkazishga oid islohot va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlayman. Mazkur yo‘nalishda olib borilayotgan ishlar nafaqat davlat, balki nodavlat muassasalar, ilmiy jamoatchilikning ham faol qo‘llab-quvvatloviga erishgan.
O‘zbekistonning qadimiy merosi, ulug‘ alloma va mutafakkirlarning noyob asarlari dunyo olimlarining diqqat markazida. Ular O‘zbekistondagi har bir o‘zgarishni diqqat bilan kuzatmoqda.
Shu sababli taʼlimga qaratilayotgan eʼtibor, O‘zbekistonda yuz berayotgan voqealar juda noyob va hayratlanarli. Buni islom dunyosidagi vulqon sifatida baholash mumkin. Biz Islom sivizatsiyasi, Imom Buxoriy, Imom Moturidiy, Imom Termiziy markazlari va Xalqaro islom akademiyasi bilan hamkorlik aloqalarini kengaytirdik. O‘zbekistonlik olimlar bilan muloqotimiz hamkorlikni yana-da boyitish va faollashtirishga xizmat qiladi.
