“Tillaqosh” yoki "oltin qoshlar" o‘zbek ayollarining peshonaga taqiluvchi zargarlik buyumlari orasida betakror va hashamatlisidir. Ushbu bezak ayollarning qo‘shma qoshlariga taqlid qiluvchi gardish shaklida bo‘lib, yuqori qismida feruza bilan bezatilgan ochiq toj bilan to‘ldiriladi. Bunday mahsulot nafaqat go‘zallikni, balki ayol mavqeini ham anglatadi.
Biroq, yana bir o‘ziga xos manglay taqinchog‘i bor – bu tilla-bargak. Uni ro‘mol ustidan taqishgan. Bu taqinchoq feruza va marjonlar bilan qoplangan bir-biriga bog‘langan kvadratlardan iborat bo‘lib, unga o‘ziga xos yorqinlik va joziba bag‘ishlaydi. Pastki qismiga biriktirilgan bargsimon marjonlar hilpirab nafis ko‘rinish beradi, bu esa bu bezakning o‘z nomiga munosibligini taʼminlaydi.
Bu zargarlik buyumlari ayollarning tashqi qiyofasini to‘ldiribgina qolmay, balki mintaqa zargarlik sanʼatining boyligi va mahoratini ham aks ettiruvchi muhim madaniy timsol bo‘lib xizmat qilgan.

Boshqa o‘zbek anʼanaviy taqinchoqlari haqidagi ma’lumotlarni “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” turkumidagi “O‘zbekiston muzeylari va xususiy kolleksiyalari materiallari bo‘yicha an’anaviy o‘zbek liboslari” (1-qism) kitob-albomidan olishingiz mumkin.
Loyihaning bosh homiysi Eriell-Group neftservis kompaniyasi.






















































































