Qunduz mo‘yna tasmali telpak noyob sanalgan. Uning baland va uchli yoki yumaloq yuqori qismi rangli barqutdan ishlangan bo‘lib, ayol qiyofasiga nafosat va latofat bag‘ishlar edi. Zamindo‘zi texnikasida zarhal ip bilan islimiy naqshlar tushirilgan bu kabi bosh kiyimlari haqiqiy sanʼat asarlariga aylanar edi. Har bir detal, har bir naqsh faqatgina egasining maqomini ko‘rsatibgina qolmay, uning shaxsiy uslubini ham namoyon qilardi.
Kaltapushak esa nisbatan oddiyroq, ammo ahamiyatli bosh kiyimlardan hisoblangan. Bu bosh kiyimi baʼzan maxsus qo‘ng‘iroqli bo‘lar, baʼzan esa undan xoli bo‘lib, yoshlik va beg‘uborlik ramzi sanalgan. Kaltapushak ham ko‘pincha yoqimli naqshlar va bezaklar bilan bezatilgan bo‘lib, uning jozibasini yana-da oshirgan. U anʼanaviy kiyimning muhim qismi bo‘lib, turli bayram va marosimlarda ishlatilgan.
Ikki bosh kiyimi ham nafaqat sovuqdan himoya qilish vazifasini o‘tagan, balki o‘ziga xos madaniy xususiyatlar va o‘sha davr anʼanalarini anglatgan.
Ular zamonaviy dizaynerlar va sanʼat ixlosmandlarini ilhomlantirayotgan merosning muhim qismi hisoblanadi.

Boshqa o‘zbek milliy liboslari haqidagi ma’lumotlarni “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” turkumidagi “O‘zbekiston muzeylari va xususiy Kolleksiyalari materiallari bo‘yicha an’anaviy o‘zbek liboslari” (1-qism) kitob-albomidan olishingiz mumkin.
Loyihaning bosh homiysi Eriell-Group neftservis kompaniyasi.






















































































