Yozuv faqat fikrni yozuvda ifodalash vositasigina emas

Yozuv faqat fikrni yozuvda ifodalash vositasigina emas

IX – X asrlardan to XX asr boshlarigacha bo‘lgan davr ichida ajdodlarimiz tomonidan arabiy, forsiy va turkiy tillarda ulkan yozma meros yaratildi.

Arab yozuvida vujudga kelgan turli yozuv uslublari – xatlar faqat fikrni yozuvda ifodalash vositasigina emas, balki, o‘quvchiga yuksak tabʼiy (estetik) zavq beruvchi sanʼat asari sifatida ham tanildi. Bu sanʼat Sharqda “husnixat”, “xattotlik”, G‘arbda esa “kalligrafiya” nomi bilan keng shuhrat qozondi.

Mazkur sanʼat ustalari – xattotlar yoki kotiblar o‘z davrlarida katta obro‘-eʼtiborga ega bo‘lib, ilm-fan, adabiyot va sanʼat ahllari qatoridan joy olishdi. Yaʼni xat tot yoki kotib oddiy texnik ishni – kitob ko‘chirishni bajaruvchi xodimgina emas, balki o‘z zamonasining madaniy hayotida muhim rol o‘ynagan ilm-maʼrifat ahli va yirik madaniyat arbobi ham hisoblangan.

Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston obidalaridagi bitiklar” nashri ostida chop etilgan Buxoro viloyatiga bag‘ishlangan kitob-albomida tanishishingiz mumkin.