Maxsi va mardona nomini olgan ichiglar

Maxsi va mardona nomini olgan ichiglar

Poyabzal tayyorlash har qanday boshqa hunarmandchilik turlari kabi hunarmandchilik va chinakam sanʼat o‘rtasidagi faoliyat bo‘lib kelgan.

Kosib ustalar poyabzallarni charmgar-ko‘nchilar oshlagan qo‘y (charm), echki (kayroqi, bo‘zi), ho‘kiz (bulg‘or) va boshqa turdagi terilardan tayyorlangan charmdan tikishgan. Charmlar har xil rangga bo‘yalgan.

Maxsi va mardona nomlangan poshnasiz va dag‘al gulchinli, yumshoq tagcharmli etik – ichiglar shahar aholisi orasida keng tarqalgan edi. Ular kavush bilan birga kiyilib, xonaga kirishdan olib yechib qo‘yishgan. Loklangan amirkon charmdan tikilgan kavushli ichiglar ayniqsa juda qadrlangan. Erkaklar ichiglari va poyabzallari ayollar poyabzallariga qaraganda uzunroq va nisbatan dag‘al charmdan tayyorlangan.

Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" turkumidagi “O‘zbekiston tarixi Davlat Muzeyi to‘plami” (ikkinchi qism) kitob-albomida (XXVII jild,) tanishishingiz mumkin.

Loyiha bosh homiysi – Eriell-Group neft xizmatlari kompaniyasi.
 

Maxsi va mardona nomini olgan ichiglar