Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligida Xalq ijodiyoti va madaniy merosi yilida MDH Ijroiya qo‘mitasiga O‘zbekiston Respublikasidan “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” loyihasining o‘ttiz besh jildlik turkum nashrlari sovg‘a qilindi, bu loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi va faol qo‘llab-quvvatlashi asosida amalga oshirilmoqda. Loyiha ushbu qadimiy zaminda yaratilgan, ammo bir qator holatlar tufayli xorijda va xorijdagi turli mamlakatlarning shaxsiy kolleksiyalari va muzeylarda saqlanayotgan O‘zbekiston madaniy merosi durdonalarini kataloglashtirish va mohiyatiga etishning dolzarb g‘oyasiga asoslanadi. Bular- arxeologik artefaktlar, noyob miniatyuralarga ega eng nodir qoʻlyozmalar, amaliy sanʼatning turli obʼyektlari. Loyiha butun dunyo bo'ylab keng qamrovli xalqaro ilmiy aloqalarni, yirik muzey va kutubxonalar bilan hamkorlikni nazarda tutadi. Yig'ilgan materiallar kitob-albomlar holida nashr etilgan. Ularning har biri maʼlum bir xorijiy kolleksiyadagi yoki bir mamlakatdagi bir guruh kolleksiyalardagi Oʻzbekistonning artefaktlariga bagʻishlangan. Illyustratsiyalashtirilgan turkumga dunyoga mashhur durdona asarlar ham, keng jamoatchilik va mutaxassislarga bir oz ma'lum yoki umuman noma'lum bo'lgan namunalar ham kiritilgan bo’lishi mumkin. Matn uch tilda – o‘zbek, ingliz va rus tillarida taqdim etilgan bo‘lib, keng o‘quvchilar ommasini qamrab oladi.
“O‘zbekistonning madaniy merosi jahon to‘plamlarida” loyihasini O‘zbekistonning o‘ziga xos tashrif qog’ozi deb aytsa bo’ladi va uni fuqarolik jamiyati, jamoat, davlat va xalqaro tashkilotlar, ijtimoiy mas’uliyatli biznes va turli mamlakatlar olimlarning sa’y-harakatlari mujassamlangani, madaniy- tarixiy merosini saqlash va ommalashtirish sohasida sezilarli natijalarga erishish imkonini berishining yorqin misoli deyish mumkin.
Ushbu Loyihani amalga oshirishda Rossiyaning Ermitaj, Tretyakov galereyasi, Rus etnografiya muzeyi, Davlat tarix muzeyi, shuningdek, Sharq muzeyi va ilmiy jamoatchilik vakillari faol ishtirok etdi. Belarus Respublikasi Prezidenti kutubxonasida O‘zbekiston Respublikasining Belarus Respublikasidagi Elchixonasi va Belarus Respublikasi Prezidenti kutubxonasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan loyiha nashrlari ko‘rgazmasi namoyish etilmoqda. Ushbu ekspozitsiyada “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to’plamlarida” loyihasining Illyustratsiyalashtirilgan nashrlari – kitob-albomlar, o‘zbek xalqining dekorativ-amaliy san’ati namunalari, Markaziy Osiyoning o’rta asrlar davri olimlari va mutafakkirlarining nodir qo‘lyozma asarlaridan miniatyura nusxalari taqdim etilgan.
Foydalanuvchilar eʼtiboriga Oʻzbekistonning qadimiy tarixiga oid jahon muzeylaridan eksponatlar aks ettirilgan videolavhani havola etamiz.
https://www.youtube.com/watch?v=6AdKg5GYWw4




























































































