Gazeta.uz: Butunjahon ilmiy jamiyati O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganadi

Gazeta.uz: Butunjahon ilmiy jamiyati O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganadi

Xalqaro ilmiy kongress O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, saqlash va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyatini tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qildi, Gazeta.uz xabar bermoqda.

 

“O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasidagi muloqotga yo‘l” xalqaro ilmiy kongressi yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, saqlash va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyatini tashkil etish zarurligi to‘g‘risidagi qaror qabul qilindi.

 

Butun dunyodan sharqshunoslar, arxeologlar, tarixchilar, sanʼatshunoslar, kolleksionerlar, ommaviy axborot vositalari vakillari bu jamiyatga aʼzo bo‘lishlari mumkin. Jamiyat O‘zbekiston madaniy merosi yodgorliklari kolleksiyalarini saqlaydigan muzeylar va ilmiy markazlarda xalqaro tadbirlar – ko‘rgazmalar, taqdimotlar va madaniy forumlarni o‘tkazishi mumkin bo‘ladi.

 

Qarorda tadqiqotchilarga madaniy meros obyektlaridan foydalanish imkoniyatini taʼminlash zarurligiga ham ishora qilingan. “Muzey ashyolari va raqamli kataloglar to‘g‘risida to‘liq maʼlumotlarning yo‘qligi O‘zbekiston madaniy merosini yana-da kengroq o‘rganish va targ‘ib qilishga to‘sqinlik qilmoqda”, – deya tushuntiradi kongress ishtirokchilari qarorda.

 

Xalqaro ilmiy kongress 15-16 may kunlari Toshkent va Samarqand shaharlarida bo‘lib o‘tdi. Unda 40 dan ortiq davlatdan 140 dan ortiq olimlar, ekspertlar, diplomatlar, xalqaro tashkilotlar vakillari, shuningdek, mamlakatimizning 50 dan ortiq  ilm-fan namoyandalari ishtirok etdi. Yakuniy yig‘ilishda kongressni har yili o‘tkazishga qaror qilindi.

Шавкат Мирзиёевнинг давлат ташрифи арафасида Деҳли шаҳрида “Ўзбекистон-Ҳиндистон: маданиятлар мулоқоти” медиа-ивенти бўлиб ўтди

Шавкат Мирзиёевнинг давлат ташрифи арафасида Деҳли шаҳрида “Ўзбекистон-Ҳиндистон: маданиятлар мулоқоти” медиа-ивенти бўлиб ўтди

Ko‘proq o‘qish...
Sankt-Peterburgdagi O'zbekiston madaniy merosi haqida "Kultura" telekanali

Sankt-Peterburgdagi O'zbekiston madaniy merosi haqida "Kultura" telekanali

Ko‘proq o‘qish...
Toshkentda o‘tmishning buyuk merosiga bag‘ishlangan forum bo‘lib o‘tayapti

Toshkentda o‘tmishning buyuk merosiga bag‘ishlangan forum bo‘lib o‘tayapti

Ko‘proq o‘qish...
Rtveladze: O‘zbekistonning madaniy merosi haqida butun dunyo bilishi kerak

Rtveladze: O‘zbekistonning madaniy merosi haqida butun dunyo bilishi kerak

Ko‘proq o‘qish...
Rossiya Fanlar akademiyasi qadimiy qoʻlyozmalarning nusxalarini Oʻzbekistonga topshiradi

Rossiya Fanlar akademiyasi qadimiy qoʻlyozmalarning nusxalarini Oʻzbekistonga topshiradi

Ko‘proq o‘qish...
Toshkentda “Tamaddunlar chorrahasi: o‘tmishning buyuk merosi – maʼrifatli kelajak asosi” forumi bo‘lib o‘tadi

Toshkentda “Tamaddunlar chorrahasi: o‘tmishning buyuk merosi – maʼrifatli kelajak asosi” forumi bo‘lib o‘tadi

Ko‘proq o‘qish...
“O‘zbekiston madaniy merosi” jahon olimlarini Toshkent va Samarqandda birlashtirdi

“O‘zbekiston madaniy merosi” jahon olimlarini Toshkent va Samarqandda birlashtirdi

Ko‘proq o‘qish...
Oʻzbekiston madaniy merosini oʻrganish, saqlash va ommalashtirish boʻyicha Butunjahon jamiyati tuzildi

Oʻzbekiston madaniy merosini oʻrganish, saqlash va ommalashtirish boʻyicha Butunjahon jamiyati tuzildi

Ko‘proq o‘qish...
UzDaily: Oʻzbekiston madaniy merosini oʻrganish maqsadida Butunjahon ilmiy jamiyati tashkil etildi

UzDaily: Oʻzbekiston madaniy merosini oʻrganish maqsadida Butunjahon ilmiy jamiyati tashkil etildi

Ko‘proq o‘qish...
Toshkentda “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” loyihasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Toshkentda “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” loyihasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Ko‘proq o‘qish...
Poytaxtda “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” loyihasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Poytaxtda “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” loyihasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Ko‘proq o‘qish...
153 – “O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasidagi muloqotga yo‘l” Xalqaro kongressi rezolyutsiyasi.

153 – “O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasidagi muloqotga yo‘l” Xalqaro kongressi rezolyutsiyasi.

Ko‘proq o‘qish...
Toshkent va Samarqandda O‘zbekiston madaniy merosiga bag‘ishlangan Xalqaro kongress o‘tkaziladi

Toshkent va Samarqandda O‘zbekiston madaniy merosiga bag‘ishlangan Xalqaro kongress o‘tkaziladi

Ko‘proq o‘qish...

Boshqa yangiliklar