
Oʻzbekiston madaniy merosini oʻrganish, asrash va ommalashtirish boʻyicha Butunjahon jamiyati tuzildi.
Ikki kun davomida, 15–16-may kunlari Toshkent va Samarqand dunyoning 40 davlatidan 370 nafar ishtirokchi uchun yirik muloqot maydoniga aylandi, unda olimlar arxeologiya, numizmatika, tarix, amaliy sanʼat va boshqa sohalardagi soʻnggi yutuqlar va kashfiyotlar bilan boʻlishdilar.
“O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasidagi muloqotga yo‘l” xalqaro kongressi o‘z ishini yakunladi.
Kongress Oʻzbekiston madaniy merosini oʻrganish, asrash va ommalashtirish boʻyicha Butunjahon ilmiy jamiyatini tuzish zarurligi toʻgʻrisida qaror qabul qildi.
Forum davomida ishtirokchilar madaniy merosni asrab-avaylash va ommalashtirish muhimligini qayta-qayta ta’kidladilar va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga zamonaviy hayotning eng muhim jihatlaridan biri – tarixiy o‘tmish va mamlakatning madaniy merosiga ko‘rsatayotgan e’tibori va g‘amxo‘rligi uchun alohida minnatdorlik bildirdilar.
Kongress ishi yakunida, Oʻzbekiston madaniy merosini oʻrganish, asrash va ommalashtirish boʻyicha Butunjahon ilmiy jamiyatini tuzish zarurligi toʻgʻrisida qaror qabul qilindi va uni YUNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari v.v.b., Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston bo‘yicha YUNESKOning klaster byurosi direktori Krista Pikkat qadimiy Samarqanddagi Registon maydonida oʻqib eshittirdi.
Registonda bo‘lib o‘tgan “O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasidagi muloqotga yo‘l” mavzusidagi xalqaro congress, ishtirokchilar qalbida O‘zbekistonda bo‘lishdan unutilmas taassurot qoldirgan 3D-mappingdagi rang-barang yorug‘lik va musiqa shousi bilan yakunlandi.












